«Arsenal» yarim himoyachisi Deklan Rays 2026 yilgi «Oltin to‘p» sovrini «Bavariya» hujumchisi Harri Keynga berilishi kerak, deb hisoblaydi. Bu haqda Sports.kz xabar berdi.
«Men uchun u shubhasiz g‘olib. Uning statistikasi hammasini o‘zi aytib turibdi. Bu yil u uchun ajoyib o‘tdi. Albatta, unga jahon darajasidagi futbolchilar raqobat tug‘dirishadi. Ammo u bilan birga o‘ynaganingda, uning naqadar yaxshi ekanini tushunasan. Unga qarshi maydonga tushganingda esa qanchalik xavfli futbolchi ekanini ko‘rasan. Angliya terma jamoasida u bilan birga o‘ynash menga nasib etgan, klublar miqyosida esa unga qarshi o‘ynashimga to‘g‘ri kelgan», — dedi Rays.
O‘tgan mavsumda Harri Keyn «Bavariya» safida 51 ta o‘yinda ishtirok etib, 61 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
2026 yilgi «Oltin to‘p» sovrini 26 oktyabrdan 27 oktyabrga o‘tar kechasi Angliyaning London shahrida topshiriladi.













