Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/10 00:45 Udineze 0-2 Milan
26/10 01:00 Barselona 1-2 Real Madrid
26/10 18:30 Xorazm 1-2 Navbahor
26/10 18:45 Neftchi 1-2 Al-Ittihod
26/10 21:00 Al-Ahli (SA) 2-1 Al-G‘arafa
26/10 21:00 Al-Ayn 2-1 Traktor
26/10 23:15 Al-Qodisiya 1-1 As-Sadd
26/10 23:15 Al-Quva al-Javiya 1-0 Paxtakor
27/10 01:00 Sevilya 2-0 Osasuna
27/10 22:30 Sassuolo - Lasio
28/10 00:45 Roma - Kalyari
28/10 00:45 Torino - Komo
28/10 22:30 Milan - Bolonya
28/10 22:30 Parma - Udineze
28/10 22:30 Venetsiya - Inter

Joan Garsiya: "Bu Yamal va Mbappe o‘rtasidagi qarama-qarshilik emas"

Joan Garsiya: "Bu Yamal va Mbappe o‘rtasidagi qarama-qarshilik emas"

Baho:
+ | -

"Barselona" darvozaboni Joan Garsiya Madridning "Real" klubiga qarshi bo‘lib o‘tadigan "El-klasiko" oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

25 yoshli ispaniyalik posbonning ta’kidlashicha, mazkur uchrashuvni alohida futbolchilar o‘rtasidagi shaxsiy raqobat sifatida baholash to‘g‘ri emas. Uning fikricha, asosiy e’tibor ikki jamoa o‘rtasidagi kurashga qaratilishi kerak.

"Yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yin — bu "Barselona" va "Real" o‘rtasidagi qarama-qarshilik.

Bu Joan Garsiya va Tibo Kurtua yoki Lamin Yamal va Kilian Mbappe o‘rtasidagi shaxsiy raqobat emas", — dedi darvozabon.

Qayd etish joiz, "Barselona" joriy mavsumda Ispaniya chempionatida hali biror marta ochko yo‘qotmadi. Xans-Diter Flik shogirdlari dastlabki to‘qqizta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozonib, 27 ochko jamg‘argan.

"Real" esa 21 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Madridliklar shahardoshi "Atletiko"dan bir ochko ortda qolmoqda.

"Barselona" va "Real" o‘rtasidagi navbatdagi "el-klasiko" 25 oktyabr kuni kataloniyaliklar maydonida o‘tkaziladi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 26 oktyabrga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 08:23, 24.10.2026.
O'qildi: 355 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик