"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Pau Kubarsi 2026 yilgi jahon chempionatida Argentinaga qarshi o‘tkazilgan finalni esladi.
"Bu juda keskin uchrashuv bo‘lgandi. Jahon chempionati finalida butun mamlakat sening orqangda turgani uchun katta bosimni his qilasan.
Ammo men o‘zimga ishondim va xotirjamlikni saqladim. Baxtimizga, hammasi yaxshi yakunlandi. O‘sha bahsda ajoyib o‘ynadik.
Uchrashuv kunduzi soat 15:00 da bo‘lib o‘tgani sabab quyosh ta’sirida hammamiz charchadik. Biroq jahon chempionati finalida hech qanday bahonaga o‘rin yo‘q", — dedi Kubarsi Barca Universal nashriga.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya finalda Ferran Torresning 106-daqiqadagi goli evaziga Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etib, 2010 yildan keyin ikkinchi bor jahon chempioni bo‘lgan edi.













