"Barselona" yarim himoyachisi Gavi "PSJ" vingeri Xvicha Kvarasxeliyaga jarohatidan so‘ng dalda berdi.
Gruziyalik futbolchi tizzasidagi xochsimon pay jarohati sabab uzoq muddatga safdan chiqqan.
"Kvarasxeliyaning o‘yini menga doim yoqqan, uning katta muxlisiman. Unga dalda bermoqchiman. Bu oson emas, ammo u yanada kuchli bo‘lib qaytishiga ishonaman.
Shuningdek, o‘tgan mavsumdagi ajoyib o‘yini uchun u "Oltin to‘p"ning kuchli beshtaligidan joy olishga munosib deb hisoblayman", — dedi Gavi.
Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik futbolchi ham bir necha yil avval xuddi shunday jarohat olib, qariyb bir yil maydonga tushmagan edi.
"Oltin to‘p"ni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.













