Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martines JCH-2026 finalida Ispaniyadan uchralgan mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.
"Agar bugun Ispaniyaga qarshi maydonga tushganimizda, albatta g‘alaba qozonardik!" — dedi Martines Los Esul dasturida.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyidagi jahon chempionati finalida Ispaniya Argentinani qo‘shimcha bo‘limlarda urilgan yagona gol evaziga 1:0 hisobida mag‘lub etgandi.
O‘sha uchrashuvda ispaniyaliklar katta ustunlikka ega bo‘lgan, Argentina esa asosan himoyalanish bilan cheklangandi.
Argentina tarixida uch marta — 1978, 1986 va 2022 yillarda jahon chempioni bo‘lgan.













