Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

FK «Andijon» klubining rasmiy sayti faoliyati haqida

FK «Andijon» klubining rasmiy sayti faoliyati haqida

Baho:
+ | -

Andijon shahrining bosh jamoasi bo‘lgan «Andijon» klubining matbuot xizmati o‘ta faol deb ayta olmaymiz. «Onasiga qarab qizini ol» degan maqolni bilamiz. «Andijon» klubining saytiga tashrif buyurib klub matbuot xizmat baho berishga biroz og‘rindim.
 
Keling, sayt bo‘ylab sayr qilamiz.
Tashqi ko‘rinish: Sayt juda ham oddiy. Menyular axborotlar bilan to‘ldirilmagan. O‘ng tomondan joy olgan VIDEO sahifa mana bir necha yillardan beri videoga muxtoj. Video silkani bossangiz quyidagi yozuv paydo bo‘ladi: «Oshibka 404».
 
Quyiroqdan joy olgan FOTO bo‘limi so‘nggi tadbirni aks etadi xolos. «Bunyodkor» jamoasiga qarshi kechga xayriya tadbirining suratlari hamon saytning bosh sahifasida turibdi. Aslida klub yil tugaganidan keyin bir necha tadbirlar o‘tkazish bilan birga yangi mavsum yig‘ininini boshlab yuborgan. Ammo klub matbuot kotibi jamoa bilan bir qatordan joy olmasligi natijasida sayt "qashshoq» bo‘lib qolgan. Bu yerda ko‘proq aybni klubda deb bilaman. Boisi klub o‘z xodimini zamonaviy texnikalar bilan ta’minlagan holda barcha safarlarga olib ketishi kerak. Axir futbol muxlislar uchun, matbuot xizmati esa muxlis uchun axborot beradi.
Musobaqa jadvali dizayn jihatdan juda xunuk ko‘rinishda turibdi.

Endi menyularga razm tashlaymiz.
 
Yangiliklar: - bu bo‘limda yangiliklar ja tezkorlik bilan emas-ku, lekin kiritilib turibdi. Rasmsiz xabarlar orasida farq kattaligi uchun dizaynga salbiy taa’sir ko‘rsatyapti. O‘zbek tilidagi saytda «Podrobnee», «Stranisi» va «Sleduyushaya» so‘zlarini ko‘rishingiz mumkin.
 
Klub tarixi: Hammasi joymda, biroz rasmlar bilan boyitish kerak.
 
Musobaqalar: Uyat! Bu bo‘lim ikkita sub menyudan tashkil topgan «Taqvim-2012» va «Oliy liga tarixi». Aftidan jamoa birinchi ligaga tushib ketganligi uchun saytning bu qismiga e’tibor qaratishmagan. Oliy liga tarixi ham to‘liq emas.
 
Jamoa: Bu yerda uchta ichki menyu «Klub rahbariyati», «Asosiy tarkib» va "O‘rinbosarlar tarkibi» bor. Rahbariyatda hammasi joyida. Ammo jamoaning asosiy tarkibida hech kim yo‘q. O‘rinbosarlar tarkibi esa jadval ko‘rinishda berilgan.
 
Yoshlar ligasi: Bu bo‘limda 2012 yil yakunlariga oid turnir jadvali o‘rin olgan. «Andijon» ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan mavsum jamoa saytining tarixidan muqim o‘rin egallashini istashgan ko‘rinadi.
 
Yechim:
«Andijon» klubi o‘z matbuot xizmatiga jiddiy e’tibor qaratishi lozim. Bir paytlar jamoaning muxlislarining sayti — burgutlar.com faoliyat yuritgan. Tabir joizki mazkur sayt rasmiy saytga nisbatan ancha sifatli ishlagan. Ammo klub rahbarlarining «xatti-harakatlari» natijasida sayt faoliyatiga barham berilgan. Klub toki matbuot xizmatiga jiddiy e’tibor qaratmas ekan biron bir yaxshi fikr eshitishi qiyin. Klub matbuot kotibi Boburbek Tursunov jamoa tomonidan ekipirovka bilan ta’minlanmagan. Odatda hammaga yetadigan ekipirovka O‘zbekistonda matbuot xizmati vakillaridan qizg‘aniladi. 
 
Jamoa matbuot xizmati ham o‘z ishiga sidqidildan yondoshishi kerak. Murabbiy keladi ketadi. Ammo unga tobe bo‘lish yaxshi emas. Klub muxlislari esa abadiy. Bu mutaxassisni «Futbol Ekspress» gazetasi orqali yaxshi bilamiz. Afsuski uning gazetadagi ijodi saytda aks etmaydi.
 
Hozircha shular. Ertaga «Buxoro» jamoasi bilan yaqindan tanishamiz.
 
P.S: Bugun klub sayti bilan tanishdik. Jamoaning matbuot xizmatining faoliyati haqida mart oyida boshlanadigan O‘zbekiston chempionati o‘yinlarida OAV bilan hamkorlikda baho berib boramiz.

Твиттерда пайдо бўлган @UzFootballMedia аккаунти ушбу таҳлилни амалга оширди. Уни Follow қилишни унутманг!

Kiritildi: 11:33, 30.01.2014.
O'qildi: 4817 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.