Xitoy Xalq Respublikasining asosiy davlat teleradiokorporasiyasi — China Media Group Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappening yaqinda yuzaga kelgan xalqaro media janjalidan keyin omma oldida uzr so‘raganiga rasmiy munosabat bildirdi.
«Biz La Liga rahbariyati, Madridning “Real” klubi va Kilian Mbappening o‘zi ushbu voqeadan saboq chiqarishiga, chin dildan uzr so‘rashiga hamda yo‘l qo‘yilgan xatolarni qat’iy ravishda tuzatishiga samimiy umid qilamiz», — deya korporasiya vakilining so‘zlarini Madrid Sports nashri ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasida keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vozpópuli nashri Ispaniyaning «La Liga» chempionati Xitoyning Migu striming xizmati bilan 2030 yilgacha amal qiladigan, qiymati taxminan €400 mln bo‘lgan uzoq muddatli shartnomani bekor qilish xavfiga duch kelgani haqida xabar bergandi.
Bunga Kilian Mbappening o‘z sevimli memi haqida gapirib, unda o‘zi «xitoylik diktator qiyofasida» tasvirlanganini aytishi sabab bo‘lgan. Futbolchi bu orqali Mao Szedunni nazarda tutgan.













