Bugun, 28 oktyabr kuni Qarshining "Nasaf" klubi OCHL-2 musobaqasining guruh bosqichi 3-turida Quvaytning "Al-Kuvayt" jamoasini qabul qiladi.
Ro‘ziqul Berdiyev boshchiligidagi qarshiliklar musobaqaning dastlabki ikki turida g‘alaba qozona olmadi. Jamoa avval Bahraynning "Al-Xalidiya" klubi bilan golsiz durang o‘ynagan bo‘lsa, keyingi uchrashuvda BAAning "Al-Vahda" jamoasiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Shu tariqa, ikki uchrashuvdan keyin bir ochko jamg‘argan "Nasaf" bugungi bahsda musobaqadagi dastlabki g‘alabasini qo‘lga kiritishga intiladi.
OCHL-2. Guruh bosqichi, 3-tur
28 oktyabr, chorshanba
18:45. "Nasaf" – "Al-Kuvayt"
Stadion: "Markaziy", Qarshi













