"Manchester Yunayted"ning sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz jamoa sardori Brunu Fernandeshning Chempionlar ligasidagi mag‘lubiyatdan keyin bildirgan fikrlarini keskin tanqid qildi.
Portugaliyalik futbolchi "Komo"ga qarshi omadsiz kechgan uchrashuvdan so‘ng "qizil iblislar"ning taktik yondashuvini noto‘g‘ri deb baholagandi. Bu esa Skoulzning jiddiy e’tiroziga sabab bo‘ldi.
"Fernandesh haddidan oshdi. Bunday gaplarni aytishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Shundan keyin u qanday qilib jamoa sardori bo‘lib qolishi mumkin? Uning Yevropani tark etib, Saudiya Arabistonida o‘ynash vaqti keldi. Bunday bayonotlardan keyin qaysidir murabbiy unga ishonishiga shubham bor", — deya Skoulzning so‘zlarini keltiradi Daily Mail.
Eslatib o‘tamiz, "Manchester Yunayted" Chempionlar ligasi umumiy bosqichi doirasida Italiyaning "Komo" klubiga safarda 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan.
Manchesterliklar navbatdagi uchrashuvini Angliya Premyer-ligasi doirasida Londonning "Chelsi" jamoasiga qarshi o‘tkazadi.













