Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Samvel Babayan: «Odil Ahmedov «Krasnodar»ni tark etmaydi»

Samvel Babayan: «Odil Ahmedov «Krasnodar»ni tark etmaydi»

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik futbolchi Odil Ahmedov "Krasnodar"ni tark etmaydigan ko‘rinadi. Bu haqda O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan TASS muxbiriga ma’lum qildi.

Avvalroq Ahmedov Xitoyning "Shangxay SIPG" klubi bilan shartnoma imzolagani haqida ma’lumot tarqatilgandi.

"Hozirda Odil Ahmedov — O‘zbekiston terma jamoasining yetakchi futbolchisi. U o‘z oldiga yuqori ambisiya qo‘yadigan futbolchi. U o‘z o‘yini orqali "Krasnodar"ga naf keltirmoqda. Men u bilan payshanba kuni gaplashdim va u menga o‘z jamoasini tark etish niyatida emasligini ma’lum qildi. U "Krasnodar"ning yig‘iniga yo‘l oladi va nazorat o‘yinlarida ishtirok etadi. Hozirda Odil kurortda emas, Toshkentda ta’tilni o‘tkazmoqda", - deydi Babayan.

Ahmedov 2014 yilda "Anji"dan "Krasnodar"ga o‘tgandi. U Rossiya chempionatining ushbu mavsumida 16ta o‘yinda maydonga tushdi.

Manba: tass.ru
Kiritildi: 18:16, 29.12.2016.
O'qildi: 15985 marta.
Fikrlar: 24 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик