Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

Orqamacha yugurayotgan hakam futbolchi bilan to‘qnashib, beayb o‘yinchini maydondan chetlatdi (video)

Orqamacha yugurayotgan hakam futbolchi bilan to‘qnashib, beayb o‘yinchini maydondan chetlatdi (video)

Baho:
+ | -

Portugaliya Liga Kubogi doirasidagi «Portu» va «Moreyrenshe» uchrashuvini boshqarib borgan Luish Godinyu «Portu» futbolchisi Danilu bilan tasodifan to‘qnashib ketgani uchun uni maydondan chetlatdi, deb xabar bermoqda «Gazeta.ru».

Mazkur holat o‘yinning 80-daqiqasida sodir bo‘ldi. Hakam orqamacha yugurib ketayotgan bir vaqtda Danilu bilan to‘qnashib ketdi. Shundan keyin referi aybsiz futbolchiga sariq kartochka ko‘rsatdi. Bu Daniluning o‘yindagi ikkinchi sariq kartochkasi bo‘lgani uchun u maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.

Besh daqiqadan so‘ng «Portu»ning yana bilan futbolchisi – Yasin Braimi ham maydondan chetlatildi. Natijada o‘yin «Moreyrenshe»ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi.

"Vaziyatni yuz marta ko‘rib chiqdim va nima uchun hakam bunday qarorni qabul qilganini tushunmadim. Futbolda turli vaziyatlarni ko‘rganman, ammo bunisi sharmandali bo‘ldi", — deydi Danilu, «Portu» yarim himoyachisi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:58, 05.01.2017.
O'qildi: 6310 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик