"Yuventus" bosh menejeri Juzeppe Marotta jamoa himoyachisi Patris Evra qishki transferlar chog‘ida klubni tark etishi mumkinligini ma’lum qildi.
Mish-mishlarga qaraganda, fransiyalik 35 yoshli futbolchi "Valensiya"ga o‘tishi mumkin.
"Evra "Yuventus" safida maydonga tushmayotganining sababi - uning klubni tark etishi mumkinligidir. U faoliyatini qayerda davom ettirish haqida o‘ylayapti", - deydi Marotta.