Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/02 00:45 Bolonya 1-0 Udineze
24/02 01:00 Everton 0-1 Man. Yunayted
24/02 01:00 Alaves 2-2 Jirona
24/02 22:45 Atletiko 4-1 Bryugge
25/02 01:00 Inter 1-2 Bude-Glimt
25/02 01:00 Bayer 0-0 Olimpiakos
25/02 01:00 Nyukasl 3-2 Qorabog‘
25/02 22:45 Atalanta - Borussiya D
26/02 01:00 PSJ - Monako
26/02 01:00 Real Madrid - Benfika
26/02 01:00 Yuventus - Galatasaroy

Ibrohimovich o‘zini dopingda ayblagan murabbiy ustidan sudda yutib chiqdi

Ibrohimovich o‘zini dopingda ayblagan murabbiy ustidan sudda yutib chiqdi

Baho:
+ | -

Vermland okrug sudi Shvesiya terma jamoasining jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha sobiq murabbiyi Ulf Karlssonni mamlakat terma jamoasi hujumchisi Zlatan Ibrohimovichga tuhmat qilganlikda aybdor deb topdi.

Karlsson "MYU" hujumchisiga 60 EKIH miqdorida jarima to‘laydigan bo‘ldi (24 ming shved kronasi - 2,65 ming dollar).

"Aytilgan so‘z Ibrohimovichning doping iste’mol qilganini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tasdiqlanmasada, sud bu so‘zlarning ma’lum kontekstida futbolchi "Yuventus"da doping iste’mol qilgan degan ma’no topdi", - deyiladi sud qarorida.

O‘tgan yilning aprel oyida Karlsson 35 yoshli futbolchi "Yuventus"da o‘ynagan chog‘ida doping iste’mol qilgani haqida gapirgan edi. Uning fikriga ko‘ra, Ibrohimovich olti oy davomida o‘zining mushaklari og‘irligini 10 kilogrammga oshirgan, bu esa taqiqlangan vositalarsiz amalga oshirib bo‘lmaydigan ish. Keyinroq murabbiy futbolchidan kechirim so‘ragan edi.

Manba: football.kulichki.net
Kiritildi: 16:33, 09.01.2017.
O'qildi: 9267 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.