Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

Samvel Babayan va Odil Ahmedov FIFA talqini bo‘yicha yilning eng yaxshilariga ovoz berdi

Samvel Babayan va Odil Ahmedov FIFA talqini bo‘yicha yilning eng yaxshilariga ovoz berdi

Baho:
+ | -

Shveysariyaning Syurix shahrida 9 yanvar kuni Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) talqini bo‘yicha 2016 yilning eng yaxshilarini aniqlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yilning eng yaxshi futbolchisi hamda eng yaxshi murabbiyiga ovoz berish jarayonida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan va jamoa sardori Odil Ahmedov ishtirok etdi.

Samvel Babayan o‘z ovozlarini quyidagicha taqsimladi:

Murabbiylar: 1. Klaudio Ranyeri (“Lester”), 2. Diyego Simeone (“Atletiko”), 3. Zinedin Zidan (“Real”).

Futbolchilar: 1. Lionel Messi (“Barselona”, Argentina), 2. Toni Kroos (“Real”, Germaniya), 3. Antuan Grizmann (“Atletiko”, Fransiya).

Odil Ahmedovning ovozlari quyidagicha taqsimlandi:

Murabbiylar: 1. Yurgen Klopp (“Liverpul”), 2. Luis Enrike (“Barselona”), 3. Pep Gvardiola (“Bavariya”).

Futbolchilar: 1. Lionel Messi (“Barselona”, Argentina), 2. Krishtianu Ronaldu (“Real”, Portugaliya), 3. Antuan Grizmann (“Atletiko”, Fransiya).

2016 yilning eng yaxshi ayol futbolchisi va eng yaxshi ayol murabbiyini aniqlashda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Sherali Boboqulov va jamoa sardori Mahliyo Sarikova ishtirok etdi.

Sherali Boboqulov quyidagilarga o‘z ovozini berdi:

Futbolchilar: 1. Jennifer Marozsan, 2. Karli Lloyd, 3. Kristen Sinkler.

Murabbiylar: 1. Silviya Nayd, 2. Piya Sandxeyj, 3. Filipp Bergeru.

Mahliyo Sarikova o‘z ovozlarini quyidagicha taqsimladi:

Futbolchilar: 1. Karli Lloyd, 2. Kristen Sinkler, 3. Jennifer Marozsan

Murabbiylar: 1. Silviya Nayd, 2. Piya Sandxeyj, 3. Yulian Ellis

Krishtianu Ronaldu FIFA talqini bo‘yicha 2016 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. “Lester” ustozi Klaudio Ranyeri eng yaxshi murabbiy nomiga loyiq bo‘ldi.

AQSH ayollar terma jamoasi hujumchisi Karli Lloyd eng yaxshi futbolchi nomiga sazovor bo‘ldi. Germaniya ayollar termasi bosh murabbiyi lavozimida ishlagan Silviya Nayd 2016 yilning eng yaxshi ayol murabbiyi deb tan olindi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 13:24, 10.01.2017.
O'qildi: 17955 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик