Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Lutfullo Tursunov blogida: «Uch mavsum» sindromi?! «Barselona»ga nima bo‘ldi?

Lutfullo Tursunov blogida: «Uch mavsum» sindromi?! «Barselona»ga nima bo‘ldi?

Baho:
+ | -

2017 yilni “Barselona” bir mag‘lubiyat va durang bilan boshladi. Kataloniyaliklar har qanday tanaffusdan keyin shunday qiyinchiliklarni boshidan o‘tkazadi, odatda. FIFA kunlari bo‘ladimi yoki qisqa ta’tillar, jamoa o‘z o‘yin ritmiga tushvolishi qiyin kechadi. Bunga avval ham ko‘p guvoh bo‘lganmiz. Ammo bu safargi muammoning ildizi chuqurroq, nazarimda.

Futbolda ma’lum bir uslubning 3 mavsumdan ortiq ustun turishi qiyin masala. Buning turli sabablari bor: asosiy tarkib charchog‘i, jarohatlar, uslubga yangi futbolchilarning qo‘shilib keta olmasligi, raqiblarning jamoa o‘yinini yaxshi tahlil qilib, unga qarshi “qurollanishi” va hokazo. O‘z vaqtida Gvardiolaning uslubi boshqa hamkasblarinikiga qaraganda uzoqroq yashagandi. Ammo undan oldin Lui van Gaal (1997-2000), Frank Raykard (jamoani besh mavsum boshqargan bo‘lsa-da, faqat o‘rtaliq uch mavsumi muvaffaqiyatli kechgandi) kabi murabbiylarning g‘oyasi “Barselona”da uch mavsumdan ortiq yashay olmagandi. Luis Enrike ham ayni damda shu kabi holatga tusha boshladi.

Gvardiola ketgach, kataloniyaliklar holati ma’lum inqiroz ostida qolgandi. Tito Vilanovaga vaziyatni o‘zgartirishga sog‘lig‘i yo‘l bermadi. Tata Martino esa klubga moslasha olmadi. Enrike taklif qilingach, nimanidir o‘zgartirishi kerak edi va u o‘zgartirdi ham. Agar Gvardiola talqinida “futbol – yarim himoyaning ishi” bo‘lgan bo‘lsa, Lucho ko‘proq yulduzli hujum tandemiga – MSN o‘yiniga tayandi. Maydonda boshqa futbolchilarning asosiy vazifasi shu uchlikka imkon qadar erkinlik va qulaylik tug‘dirish bo‘ldi. Maydon markazidan hujumga o‘tish tezligi oshdi, tezkor qarshi hujumlar yo‘lga qo‘yildi. “Yangi qon” kataloniyaliklarni jonlantirib yubordi. Istalgan raqib yana ular oldida “oyoqlari titrab” maydonga tushadigan bo‘ldi. Mana endi, vaqt o‘tishi bilan bu uslub ham yangilanishga ehtiyoj seza boshladi. Bu - tabiiy jarayon. Futbolda hech bir loyiha birxillikda uzoq yashay olmaydi. Maydonda faqat o‘z o‘yiningni ko‘rsatishing kifoya emas, raqibning qarshi choralariga ham qarshi choralar tayyor turishi kerak. Jamoalarda bosh murabbiy asosiy planda tursa ham, uning ortida o‘nlab mutaxassislar tinimsiz izlanadilar. Futbol shunchaki o‘yin emas – u ilmiy, taktik izlanishlar fani. Futbolda faqat ijrochilar o‘yin taqdirini hal qilmaydi. Bu yerda ko‘pincha g‘oyalar, uslublar, taktik kurashlar ham hal qiluvchi darajaga ko‘tariladi.

Davomi La liga bo‘yicha ekspert blogida.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:12, 10.01.2017.
O'qildi: 12738 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.