«Barselona» bosh murabbiyi Luis Enrike FIFA tomonidan tashkil qilingan yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimida Kataloniya klubi futbolchilarining yo‘qligiga izoh berdi.
«FIFA tadbiriga bormaslik haqidagi g‘oya futbolchilarning o‘zidan chiqdi. Jamoamizdagi futbolchilar mukofotga bo‘lgan munosabatini o‘zi belgilaydi. Barchasi ularning xohish istagiga bog‘liq. Men esa murabbiy sifatida ularning qarorini hurmat qilaman» - dedi Luis Enrike.