Bir mavsumni «Barselona»da ijara asosida o‘tkazgan Markus Reshfordning kelajagi noaniqligicha qolmoqda. Mish-mishlarga ko‘ra, yaqinda futbolchiga egalik qiluvchi «Manchester Yunayted» kataloniyaliklarning 15 million yevrolik taklifini rad etgan.
«Mundo Deportivo» nashrining yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, 28 yoshli vingerning atrofidagilar bu ma’lumotni inkor etishdi. Ular kataloniyaliklar tomonidan hech qanday taklif bo‘lmaganini, shu sababli «qizil iblislar» tomonidan rad javobi ham berilmaganini bildirishdi.
Ijara shartnomasida ingliz futbolchisini 30 million yevro evaziga sotib olish huquqi mavjud. «Barselona» ushbu banddan 15 iyunga qadar foydalanishi mumkin. Avvalroq La Liga grandi bu summani to‘lashga tayyor emasligi xabar qilingandi.













