«Manchester Siti» himoyachisi Vensan Kompani jarohatidan forig‘ bo‘ldi.
Futbolchi tizzasidagi jarohat tufayli bir yarim oydan ortiq muddat davomida maydonga tusha olmagandi.
Endi u umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi, deb xabar bermoqda klub rasmiy sayti.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Kompaniya turli jarohatlar tufayli bor yo‘g‘i 5ta o‘yinda maydonga tushgan.