Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Oliy liga -2016. Mavsum sarhisobi

Oliy liga -2016. Mavsum sarhisobi

Baho:
+ | -

Sports.uz 2016 yilgi mavsum yakunlarini hisob-kitob qilib, oliy ligada to‘p surgan katta yoshli futbolchilar reytingini tuzdi.

Eng keksa futbolchilar

1. Mo‘ydin Mamazulunov («Navbahor»|«Olmaliq»). 32 yosh. 25ta o‘yin, 6ta gol.

So‘nggi mavsumlarda ajoyib sermahsullik namoyish etayotgan hujumchi 2016 yili ikkita jamoa safida o‘ynab, jami 6ta gol urdi. «Olmaliq» libosida 2ta, «Nav­bahor»da esa 4ta golli pas muallifiga aylangan.

2. Nosir Otaqo‘ziyev («Qo‘qon-1912»). 32 yosh. 26ta o‘yin, 7ta gol.

O‘z vaqtida O‘zbekiston chempionati to‘purariga aylangan Nosir Otaqo‘ziyev o‘tgan mavsumni «Qo‘qon-1912»da o‘tkazdi. 26ta o‘yinda raqiblar darvozasini 7 marta ishg‘ol qilgan forvard klubining eng yaxshi goleadori nomiga ega bo‘ldi.

3. Server Jeparov («Lokomotiv»). 34 yosh. 23ta o‘yin, 7ta gol.

Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi 2016 yili «Lokomotiv» safida chempionlikni nishonladi. Tajribali yarim himoyachi 7ta gol urib, jamoasi muvaffaqiyatiga munosib ulush qo‘shdi.

4. Igor Taran («Sho‘rtan»). 32 yosh. 29ta o‘yin, 9ta gol.

Oliy liga-2016da 9ta gol urgan tajribali hujumchi jamoasi tarkibida eng yaxshi bo‘ldi. «Sho‘rtan» forvardi o‘z o‘yini bilan hali-veri klubdagi yetakchilikni hech kimga topshirgisi yo‘qligini ko‘rsatdi.

5. Ilhom Yunusov («Qizilqum»). 34 yosh. 30ta o‘yin, 10ta gol.

Milliy chempionatimizning to‘purar-penaltichisi. «Qizilqum» vakili o‘zining 10ta golidan 8tasini o‘n bir metrlik nuqtadan urgan. Bu ko‘rsatkichga Zlatan Ibragimovichdan boshqa har qaysi futbolchi havas qilsa arziydi.

6. Nemanya Yovanovich («Andijon»|«Qizil­qum»). 33 yosh. 29ta o‘yin, 13ta gol.

O‘tgan yilgi eng yaxshi to‘purar legioner. Serbiyalik hujumchi «Andijon» tarkibida birinchi davrada 5ta gol urdi. Mavsum o‘rtasida «Qizilqum»ga o‘tgach, Navoiyda ham ajoyib sermahsullik namoyish etdi: hal qiluvchi bosqichda raqiblar darvozasi 8 marta ishg‘ol qilindi.

7. Zohid Abdullayev («Metallurg»). 32 yosh. 28ta o‘yin, 18ta gol.

«Metallurg» hujumchisi o‘tgan mavsum 18ta gol urib, O‘zbekiston chempionati to‘purarlari poygasida ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu borada uni faqat Temurxo‘ja Abduxoliqov ortda qoldirdi. Ta’kidlash joiz, 2016 yil Zohid Abdullayev uchun omadli keldi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 21:04, 12.01.2017.
O'qildi: 9768 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.