Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Viktor Kumikov: «Olmaliq»dagi dastlabki ishni murabbiylar shtabini tashkil etishdan boshladik

Viktor Kumikov: «Olmaliq»dagi dastlabki ishni murabbiylar shtabini tashkil etishdan boshladik

Baho:
+ | -

"Olmaliq" bosh murabbiyi Viktor Kumikov "Navbahor" (0:1) jamoasiga qarshi o‘tkazilgan nazorat o‘yinidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Viktor Balyutovich rejalashtirilganidek ikki o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazildi. Yig‘in davomida 4ta o‘rtoqliq uchrashuvi o‘tkazildi. 3 mag‘lubiyat va bir g‘alaba qayd etildi. O‘tkazilgan yig‘inlar bo‘yicha xulosangiz.

- Barchaga ma’lumki, bu yil "Olmaliq" jamoasi tarkibi tubdan o‘zgardi. Bu yig‘inlar davomida asosiy e’tiborni futbolchilar haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishga qaratdik. O‘rtoqlik o‘yinlarida biz natijani birinchi o‘ringa qo‘ymadik. Bu uchrashuvlar yuqorida ta’kidlaganimdek, jamoaga chaqirilgan futbolchilarni yaxshiroq o‘rganish uchun o‘tkazildi. Shu orqali jamoa asosiy tarkibini shakllantirib boramiz. Navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarimiz Antaliyada bo‘lib o‘tadi. U yerda ham bir qator o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazamiz va yana 4-5 nafar futbolchi ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Jamoaga taklif etilgan murabbiylar shtabi haqida so‘ramoqchiman. Bu tarkibga yana qo‘shimcha bo‘lmaydimi?

- Biz dastlabki ishni murabbiy shtabini tashkil etishdan boshladik. Asosiy tarkib bilan mana shu 5 nafar murabbiy va hozir ish yuritayotgan boshqa yordamchilar bo‘ladi. Boshqa o‘zgarish rejada yo‘q.

Jamoaning keyingi mashg‘ulotlari Antaliyada o‘tkazilishi haqida gap ochdingiz. Tarkib borasida fikringiz. Jamoaga kelib qo‘shilgan legionerlar sizga ma’qulmi?

- Rejaga ko‘ra Antaliyada ikkita yig‘in tashkillashtiriladi. Birinchisida asosiy e’tiborni tarkibni aniqlab olishga qaratamiz. Ikkinchisida esa to‘liq tarkib bilan yangi mavsumga tayyorgarlik olib boramiz. Hozirda 80 foizga tarkibni aniqlab oldik. Legionerlar borasida hozircha belorussiyalik Vladislav Kasminin bilan shartnoma tuzdik. Turkmanistonlik futbolchi endi kelib qo‘shildi. Uni va yana bir qator legionerlarni Antaliyada ko‘rikdan o‘tkazamiz.

Antaliyada nechta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish rejalashtirilgan?

- Umumiy hisobda 4ta o‘yin o‘tkazishni rejalashtirganmiz. Dastlab Shveysariyaning "Vil 1900" jamoasi bilan kuch sinashamiz. Keyin Rossiyaning "Sibir" (Novosibirsk) va Ukrainaning "Karpati" (Lvov) jamoalari sparring raqib vazifasini o‘tashadi. Yana bir o‘yin ikkinchi tarkib bilan o‘tkaziladi. Bu bahsda bizga "Karpati"ning ikkinchi tarkibi yoki boshqa biror jamoa raqib bo‘lishi mumkin.

Jamoa qachon Olmaliqqa tashrif buyuradi?

- Turkiyadan qaytgach, birinchi turga qadar jamoa yana Toshkentda yashab turadi. Mavsum boshlangunga qadar jamoa rahbariyati bilan Olmaliq shahrida uchrashuv tashkil etishni rejalashtirganmiz. Uchrashuv davomida rahbariyat tomonidan jamoa oldiga qo‘yiladigan vazifalarga aniqlik kiritish, jamoa tarkibini tanishtiruvini o‘tkazish ko‘zda tutilgan. 

Viktor Balyutovich siz bilan mavsum davomida yana suhbatimiz davom etadi. Savollarimizga javob berganingiz uchun tashakkur.

Manba: fc-olmaliq.uz
Kiritildi: 13:34, 17.01.2017.
O'qildi: 7024 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.