Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/11 18:00 Paxtakor 0-2 OKMK
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol

Hasanali Qodirov blogida: Mirabror akamga aytar yangi yil tilaklarim (2-qism)

Hasanali Qodirov blogida: Mirabror akamga aytar yangi yil tilaklarim (2-qism)

Baho:
+ | -

Mirabror aka, yangi yil bayrami sabab, Sizga tilaklar bildirishda davom etmoqdaman. So‘zni qarang: tilak bildirmoq, tilamoq, tilanmoq. Tangriga yuzlanib iltijo qilamiz. Bandasiga yuzlanib tilaklar bildiramiz. Yaratgan Egamdan o‘zimizda yo‘q narsani, orzu qilgan narsani iltijo qilib so‘raymiz. Bandasidan tilovchi o‘zi qadrlagan narsani o‘zgalar uchun tilamchilik qiladi. Futbol ishqibozi suygan jamoasi, tug‘ilgan yurti, Vatani uchun Yaratgandan iltijo qilib so‘raydi, bandasidan bir nimani tilanadi. Vatanparvarlik bilan adolatparvarlik egiz tushunchalar emasmi, adolatni deb, haqiqatni deb biror kimsa oldida tilamchilik qilasiz, Ollohga iltijo qilasiz. Bu bilan xo‘rlanmaysiz, ulug‘lanasiz. Mirabror aka, futbolimiz yo‘lida oldingizda turib men bir nimani tilanmoqchiman. Shunday qilib, men Sizga yangi yil munosabati bilan tilaklarimni yo‘llashda davom etaman.

1. Siz O‘FF rahbarisiz. Bu imorat bir tomondan muassasa, yo tashkilot, yo idora sanalsa-da, butun o‘zbek aholisining diqqatini o‘zida jam qilgan koshonadir. Bu tashkilotning ishlash uslubini, faoliyatini FIFA oldindan belgilab qo‘ygan. FIFA nazoratidagi futbol federasiyalari qatoridan joy olgan oddiy bir tashkilotdir. Uning oldida AFA bilan bir tipdagi tashkilot sanaladi. Lekin, Angliya futbol chempionati qayda-yu, bizniki qayda? Shuning uchun AFA bilan O‘FF turli xil masalalarni turli yo‘l bilan hal qilmoqdalar. Bir xillik yo‘q. Bu tushunarli.

Futbolda o‘z ishingiz uchun hech qayerdan andoza ololmaysiz. AFAdan ham, UYEFAdan ham. Masalan, mashinasozlikda xo‘roz hamma yerda bir xil qichqiradi. Malibu hamma yerda malibu. Fudbolda boshqacha holat. Futbolda har yerda xo‘roz har xil qichqiradi. Hamma yerda maydon, to‘p bir xil bo‘lsa-da, bir xil futbolni, bir xil vazifani hech qayerdan topolmaysiz. Davron Fayziyev Mirko Yelichichdan ustun bo‘lishi ham mumkin, aslida. Mirko bilan Davron boshqa-boshqa masalalarni, turli muhitda, turli yo‘l bilan hal qilib, turli futbollarni ko‘rsatishmoqda. Skolari bizda boshqa masalani hal qilib boshqa futbolni ko‘rsatgan edi, Xitoyda butunlay boshqa futbolni ko‘rsatmoqda. Lekin, Skolari hamon o‘sha Skolari.

2. Ma’lumotlarga ko‘ra, Siz senatorsiz. Bundan tashqari Siz katta konsernga rahbar ekansiz. Bu gapni to‘g‘ri ma’lumot deb qabul qilaylik. Sanoatga rahbarlik vazifangiz bilan futboldagi rahbarlik vazifangiz bir-biriga mutloq o‘xshamaydi. Ishlab chiqarishga rahbarlik qilish uchun boshqaruv tizimini yaratib, funksionerlarni joy-joyiga qo‘yib chiqsangiz, boshqaruv jarayoni muammolarsiz silliq davom etadi. Futbolda bunday emas. Kechagi qaror bugun eskiradi. Kechagi tarkib ertaga eskiradi. Futbol taraqqiyotga yuz burgan bo‘lsa, unda hamma narsa yangilanib turishi kerak. Chamamda, Siz ikkala boshqaruvingizga bir xil yondoshmoqdasiz. O‘FFda yillar osha tarkib yangilanmayapti. Uning ishida yangilik yo‘q. Shuning uchun futbolimizda taraqqiyot yo‘q.

Asosiy faoliyatingizdan andoza olib, o‘zbek futbolida ham, avvalo moddiy bazani yaxshiladingiz. Siz 2006 yili bu lavozimga kelganingizda O‘FF Furqat ko‘chasidagi 9 qavatli uyning birinchi qavatida noqulay sharoitda ish olib borar edi. Siz avvalo, O‘FF uchun munosib joyda yangi muhtasham imoratni qurib berdingiz. Ish boshlagan yillaringizda yurtimizga kelgan Rivaldo G‘uzorlarning changi chiqqan maydonlarida futbol o‘ynar edi. Qancha yangi futbol maydonlarini yaratishda xizmat ko‘rsatdingiz. Futbolning infratuzilmasini yaxshilashda katta ishlar qildingiz. Har qanday ishning natijasi uchun avvalo, moddiy baza kerak. Sanoatda ham, futbolda ham. Bu to‘g‘ri.

Davomi Hasanali Qodirov blogida.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:43, 18.01.2017.
O'qildi: 10332 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.