Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/07 00:00 Avstriya 1-2 Turkiya
03/07 06:00 Braziliya 1-1 Kolumbiya
03/07 06:00 Kosta-Rika 2-1 Paragvay
05/07 06:00 Argentina - Ekvador
05/07 21:00 Ispaniya - Germaniya
06/07 00:00 Portugaliya - Fransiya

Go‘zal Karli Lloyd: «Hayotda eng muhimi - oila»

Go‘zal Karli Lloyd: «Hayotda eng muhimi - oila»

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Intervyular

2016 yilning eng yaxshi ayol futbolchisi sifatida taqdirlangan Karli Lloyd AQSH terma jamoasidagi yorqin o‘yinlari tufayli bir yil oldin ham ushbu sovringa ega chiqqandi. Taqdirlash marosimidan so‘ng FIFA.com sayti mahoratli futbolchining fikrlari bilan qiziqdi.

- Mazkur mukofotga yana bir bor munosib ko‘rilganingizdan so‘ng ko‘nglingizdan qanday hislar kechmoqda?

- Qatorasiga ikki yil jahonning eng yaxshi ayol futbolchisi bo‘lish - katta sharaf. Bundan keyin ham faqat yuksak cho‘qqilar sari intilaman. Ammo asosiy maqsadim - jamoam bilan sov­rinlarni qo‘lga kiritish.

- Siz uchun 2016 yilning eng yaxshi lahzasi qaysi va nima uchun?

- 2016 yilning eng unutilmas voqeasi - maktabdosh do‘stim Brayyanga turmushga chiqdim. Faoliyatim davomida ko‘plab turnirlarda ishtirok etdim, sovrinlarni qo‘lga kiritdim. Ammo baribir, hayotda eng muhimi - oila.

- To‘yingiz paytida jahon chempionati finalidagidanda ko‘proq haya­jonlandingizmi?

- Umuman olganda, o‘yinlar men uchun odatiy holga aylangan. Har bir uchrashuvdan oldin bir xil holat kuzatiladi. Shunday ekan, u finalmi yoki oddiy o‘yinmi, men uchun farqi yo‘q. Lekin to‘y marosimi hayotda bir marta bo‘ladi.

- Faoliyatingizni qachon yakunlamoqchisiz?

- Maqsadim - 2020 yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish. Shundan so‘ng butsalarimni mixga ilsam kerak. Undan ke­yin nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi. Balki murabbiylik sohasiga o‘tarman yoki televidenieda ekspert sifatida ishlarman. Biroq eng avvalo, bor e’tiborimni oilamga qarataman.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:29, 20.01.2017.
O'qildi: 6094 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.