Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

O‘zbek raqibini nokautga uchratib, hammani qahriga uchragan rossiyalik jangchi bunga izoh berdi

O‘zbek raqibini nokautga uchratib, hammani qahriga uchragan rossiyalik jangchi bunga izoh berdi

Baho:
+ | -

Xitoyda bo‘lib o‘tgan MMA universal turdagi janglar bo‘yicha chempionatda rossiyalik Ibragim Xalilov o‘zbekistonlik Baxtiyor Barotov bilan bellashdi.

Ammo jang bor yo‘g‘i 3 soniya davom etdi. Gap shundaki, Xalilov hamyurtimiz Barotovni salomlashuv paytida urib, nokaut qilishga muvaffaq bo‘ldi. Natijada hakamlar g‘alabani rossiyalik sportchiga berishdi.

Bu voqea MMA ixlosmandlarini g‘azabga soldi va ular Xalilovni noprofessionallikda ayblashdi. Yaqinda Xalilovning o‘zi bu voqeaga izoh berdi.

«Biz jangdan oldin salomlashdik, ko‘rishdik. Keying bong urildi va jang boshlandi. To‘g‘risini aytsam, ikkinchi marta ko‘rishishni hayolimgayam keltirmagandim. To‘g‘ri u qo‘lini oldinga uzatdi, ammo men bunday harakatni zarba yo‘llashga urinish deb qabul qilaman, salomlashyapti deb o‘ylamayman. Boshqa janglarimniyam ko‘rib chiqing, dastlabki soniyalardanoq zarba yo‘llayman. Bong yangrashi bilanoq oldinga tashlanaman.

Bilmadim, bundan buyon bu haqda raqibni oldindan ogohlantirishim kerakmikan. Ammo bo‘lar ish yuz berib bo‘ldi. Jangdan so‘ng uning ahvoli haqida qiziqsam, yordamchilarim hammasi joyida, o‘ziga keldi deb aytishdi» - dedi Xalilov Match TV xabarida. 

Manba: matchtv.ru
Kiritildi: 12:37, 20.01.2017.
O'qildi: 40209 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик