Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Temo‘rxo‘ja Abduholiqov: "Terma jamoadan taklif oldim, ammo borolmayman..."

Temo‘rxo‘ja Abduholiqov: "Terma jamoadan taklif oldim, ammo borolmayman..."

Baho:
+ | -

O‘zbekiston chempionatining o‘tgan yilgi to‘purari va eng yaxshi o‘yinchilaridan biri bo‘lgan hujumchi Temurxo‘ja Abduholiqovning faoliyatida yangi sahifa ochildi. U endi Qatarning “Al Sayliya” jamoasi sharafini himoya qiladi. Aytish kerakki, Qatar yulduzlar ligasida ishtirok etuvchi ushbu klub ancha obro‘li hisoblanadi. Albatta, Abduholiqovning “Loko”dan ketishi kutilmaganda sodir bo‘ldi. Chunki u o‘z jamoasi bilan Dubaydagi yig‘inda odatdagidek tayyorgarlik ko‘rayotgandi. Biroq qisqa fursat ichida hammasi o‘zgarib ketdi va hujumchi «Temiryo‘lchilar»ni tark etdi. “Al Sayliya” bilan shartnoma imzolagan futbolchi «Erudit Sport»ga intervyu berdi.

O‘tgan yilgi mavsum haqida

— Albatta, 2016 yilgi chempionat men uchun ham, jamoam uchun ham juda muvaffaqiyatli kechdi. “Lokomotiv”ning oldiga O‘zbekiston chempionligi va Kubogini qo‘lga kiritish vazifalari qo‘yilgandi. Qolaversa, Osiyo Chempionlar ligasida ham imkon qadar yaxshiroq qatnashishni ko‘zlagandik. Ko‘rdingiz, OCHLda chorak finalgacha yetib bordik. Lekin biz finalga chiqishni maqsad qilgandik. Bilasizmi, aslini olganda, Chempionlar ligasidagi asosiy vazifamiz guruhdan chiqish edi. Buni bajarganimizdan keyin “ishtaxa ovqat paytida keladi” deyishganidek, finalga chiqishni ko‘zlagandik. Shuning uchun chorak finaldan ham o‘tishimizga ishongandik. Biroq shunisiga ham shukr qilamiz. Ichki chempionatda esa chempionlikni qo‘lga kiritdik va Kubok sohibi bo‘ldik. Shubhasiz, bundan barchamiz xursand bo‘ldik. Buning ustiga men eng yaxshi to‘purarga aylandim. Shuning uchun ortda qolgan mavsumdan o‘zim uchun ham qoniqish hosil qildim.

“Lokomotiv”ni tark etishi xususida

— Mening “Loko” bilan tuzgan shartnomam 31 dekabrda tugagandi. Albatta, ajoyib kechgan mavsumdan so‘ng oilam davrasida dam oldim. Keyin esa klub bilan yangi mavsum uchun tayyorgarlikka kirishdik. Mening shartnomam masalasida klub tezroq bir to‘xtamga kelishni xohladi. Ya’ni, o‘rtadagi bitimni yangilashni taklif qildilar. Yangi yil boshlarida biz “Lokomotiv” bilan yangi shartnoma imzolashga qaror qildik. 2017 yilda ham klub o‘z oldiga jiddiy maqsadlarni qo‘ygandi. Shuning uchun bu safar ham “Loko”ga qo‘limdan kelganicha yordam berishga rozi bo‘ldim. Keyin esa biz xorij yig‘inini o‘tkazish uchun Dubayga ketdik. Keyinchalik esa kutilmaganda voqealar rivoji o‘zgarib ketdi. “Loko” bilan shartnomamni uzaytirganimdan keyin yana bor e’tiborimni ushbu klubga qaratgandim. Boshqa klubga ketish haqida esa o‘ylamayotgandim. “Al Sayliya” jamoasining taklifini qabul qilish bu birgina mening tashabbusim emasdi. Bu borada “Lokomotiv” klubi bilan ham obdon muhokama qildik. Yakunda esa “Al Sayliya” jamoasining taklifini qabul qildim. Albatta, oila-a’zolarim bilan ham gaplashdim. “Loko”dagi jamoadoshlarim bilan xayrlashdim va ularga omad tiladim. Endi esa men uchun yangi bosqich boshlandi.

Nima uchun “Al Sayliya”?

— Bilasizmi, menga qatarliklar tomonidan aniq va jiddiy taklif kelib tushdi. Yashirmayman, boshida men uchun boshqa chaqiruvlar ham bo‘lgandi. Osiyoning boshqa mamlakatlaridagi jamoalar o‘z safida ko‘rishni xohlagandilar. Lekin o‘shanda “Lokomotiv” bilan yana shartnomani uzaytirishga qaror qilgandik. Bu safar esa hammasi boshqacha tus oldi. “Al Sayliya” klubi meni qo‘lga kiritish ilinjida “Lokomotiv” rahbariyati bilan aloqaga chiqdi. So‘ng menga bu jamoadan jiddiy qiziqish bo‘layotgani haqida aytishdi. Keyin esa barchamiz ushbu taklifni yaxshilab muhokama qildik. Endi esa ko‘rib turganingizdek, men “Al Sayliya” jamoasi a’zosiga aylandim.

Abduholiqovning Qatardagi hayoti boshlandi

— Meni yangi jamoamda juda yaxshi kutib olishdi. “Al Sayliya” jamoasi o‘yinlarimni kuzatgani va ularga qaysidir xususiyatlarim manzur kelgani uchun ham meni qo‘lga kiritish uchun jiddiy kurashdilar. Shu kunlarda klub menga alohida uy va mashina beradi. Jamoa bosh murabbiyi bilan ham alohida gaplashdim. U menga to‘liq ishonch bildiryapti. Ochig‘i, jamoaning menga bo‘lgan hurmati, e’tibori va albatta ishonchi juda katta. Bu esa menga qo‘shimcha mas’uliyat yuklaydi. Qolaversa, o‘tgan yili O‘zbekiston chempionati to‘purari bo‘lganim uchun qatarliklarda katta qiziqish uyg‘otgan. “Al Sayliya”da ham bor mahoratimni ishga solishga harakat qilaman. Jamoaning oldiga katta vazifalar qo‘yilgan. Men bu yerga bejizga kelmaganligimni isbotlashim kerak. Albatta, Qatar juda ajoyib mamlakat. Doxa esa chiroyli shahar. Hamyurtlarim – Sardor Rashidov va Sanjar Tursunovni bu yerda juda yaxshi tanishadi. Ular o‘zlaridan yaxshi taassurot qoldirishyapti. Endi men ham o‘zimni ko‘rsatish niyatidaman. “Al Sayliya”ga foyda keltirish uchun kelganman. Yangi mamlakatda ko‘nikishimda u qadar muammolar bo‘lmaydi deb umid qilaman. Har xolda bu yerda Rashidov bilan Tursunov bor. Shuning uchun o‘zimni u qadar noqulay his qilayotganim yo‘q. Qolaversa, yangi jamoam boya aytganimdek, meni ajoyib qarshi oldi. Baribir har qanday o‘yinchi uchun yangi klubiga moslashishiga biroz vaqt kerak bo‘ladi. Men ham bu yo‘lni qisqa fursat ichida bosib o‘taman degan umiddaman. Nasib qilsam, oilam ham tez orada Qatarga ko‘chib o‘tadi.

Milliy terma jamoadan chaqiruv to‘g‘risida

— Har bir futbolchi milliy terma jamoada to‘p surishni orzu qiladi. Muxlislar mendan nima uchun termaga chaqirishmayapti deb so‘rashardi. Lekin bu menga emas, murabbiylarga beriladigan savoldir. Nihoyat, bu safargi Dubayda bo‘ladigan yig‘inga chaqiruv olgandim va tabiiyki, bundan xursand bo‘ldim. Lekin keyinchalik hammasi tubdan o‘zgarib ketdi. Bilsangiz, terma jamoamizning bu safargi yig‘iniga asosan oliy ligada o‘ynayotgan o‘yinchilar taklif etilgan. Men esa endi “Al Sayliya” klubiga tegishliman. Ya’ni, legioner futbolchilar FIFA kunlariga to‘g‘ri kelmaganligi sababli terma jamoalarga qo‘yib yuborilmaydi. Buning ustiga ayni paytda Qatar chempionati davom etyapti. Mana shunday omillar tufayli men endi terma jamoamizning ushbu yig‘iniga borolmaydigan bo‘ldim. Albatta, men ham boshqalar qatori O‘zbekiston uchun o‘ynashni xohlayman va bu borada doim tayyorman. O‘zi shundoq ham meni termaga chaqirishmasdi. Bu safar nihoyat taklif olganimda esa ko‘rib turganingizdek, Qatar chempionatiga ketdim va buning evaziga terma jamoamizdan yana chetda qoladigan bo‘ldim. Bu hol albatta men uchun afsuslanarlidir. Lekin bundan tushkunlikka tushmayman. Agarda “Al Sayliya” jamoasida ham o‘zimni ko‘rsata olsam, umid qilamanki, murabbiylar meni ham e’tibordan chetda qoldirishmaydi.

Shuhratbek JO‘RAYEV suhbatlashdi.

Manba: erudit-sport.uz
Kiritildi: 14:44, 20.01.2017.
O'qildi: 13878 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.