Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Stiven Jerrard: «Shaxsiy sovrinlar ortidan quvmayman»

Stiven Jerrard: «Shaxsiy sovrinlar ortidan quvmayman»

Baho:
+ | -

Yaqinda Liverpool Echo nashri jurnalistlar va «Liverpul» fanatlari o‘rtasida so‘rov o‘tkazib, premyer-liga joriy etilganidan buyon jamoaning eng yaxshi o‘yinchisi kimligini aniqlab oldi. Unga ko‘ra, Stiven Jerrard tengsiz deb topildi.

Shu munosabat bilan gazeta muxbiri Ian Doyl futbolchini suhbatga tortdi.

- Salom, Stivi. Ishlar yaxshimi?

- Yomon emas, rahmat.

- Siz «Liverpul»ning APL davridagi eng yaxshi futbolchisi, deb topildingiz. Bu so‘rovni Liverpool Echo o‘tkazgandi.

- Bunday mukofotlar hamisha yoqimli. Unda jurnalistlar yoki muxlislarning ovoz bergani ahamiyatsiz. Muhimi, insonlar ovoz bergan.

Mening faoliyatimni yillar davomida kuzatib borishganini bilaman. Birinchi, ikkinchi, uchinchi yoki top-10ga tushganingiz muhim emas. Hattoki, «Liverpul»ning kuchli 20 nafar futbolchisidan biri bo‘lishingiz ham katta ahamiyat kasb etadi. O‘tgan 25 yil davomida klubimiz safida ko‘plab buyuk futbolchilar to‘p surishdi. Shunday ekan, cho‘qqining yaqinida turish ham katta sharaf.

Individual mukofotlar ortidan quvadigan inson emasman. Men uchun hamisha jamoa qo‘lga kiritadigan sovrinlar muhim bo‘lgan. Lekin shaxsiy sovrinlarni olish hamisha yoqimli. Shunday ekan, men uchun ovoz berganlarga minnatdorchilik bildiraman.

- Sizning «Liverpul»ga ashaddiy muxlislik qilishingizni bilamiz. Lekin 1998 yili «Blekbern»ga qarshi debyut uchrashuvingiz qanday kechganini tasvirlab bera olasizmi?

- Bu qandaydir qo‘rqinchli bo‘lgan. Ammo undan oldingi voqealar boshqacha ta’sir qilgan. Ya’ni Melvudda mashg‘ulotlarda qatnashib, Jerar UlYE, Fil Tompson va Semmi Lilardan maqtov eshitish. Maydonga ilk bor tushayotganimda hayajonlanmaganman, aksincha qo‘rqqanman. Qizil formadagi dastlabki uchrashuvim yozuvini ko‘rganimdan so‘ng o‘zimdan mamnun bo‘lganman. Chunki orzum amalga oshgandi.

Qanchalik ko‘p o‘ynasangiz, shunchalik o‘zingizni erkin his qila boshlaysiz. Lekin asosiy tarkibda dast­labki 20-30ta o‘yin o‘tkazguncha o‘zimni erkin his qilmaganman.

- «Sheffild Uensdey» darvozasiga urilgan gol qanday bo‘lgan?

- Bu gol menga ancha yordam bergan. Bosh jamoada o‘ynay boshlaganingizda sizni turli pozisiyalarda sinab ko‘rishadi. Ammo o‘sha goldan so‘ng hamma «U hujumga yaqin joyda o‘ynay olarkan», degan fikrga kelishgan.

Umuman olganda, «Liverpul»ning yoshlar jamoasida bunday gollarni ko‘p urganman. Bir so‘z bilan aytganda, ushbu golimni eng yaxshilaridan biri deb hisoblayman.

- O‘sha golni urganingizda o‘zingizni qanday his qilgansiz?

- O‘yin taqdirini hal qilgan gollarda odam o‘zini qanday his qilsa, shunday holatga tushganman.

Bu ehtirosni tasavvur qilish qiyin. Golni urgandan so‘ng muxlislarimiz o‘tirgan tribunaga qarab yugurganman. Chunki biroz oldin o‘zim ham o‘sha yerda o‘tirardim. Buning ustiga kumirlarim bo‘lgan Devid Tompson va Denni Merfilar meni quchoqlab olishgandi.

- «Liverpul» safidagi eng yoqtirgan o‘yiningiz qaysi?

- Agar 90 daqiqalik o‘yin va qo‘shimcha vaqtlarni inobatga olsak, bu «Vest Xem»ga qarshi bahs. Aynan shu uchrashuvni ideal o‘tkazganmiz, deyishim mumkin. Har bir bahsda kichkina bo‘lsada xatoga yo‘l qo‘yasiz. Lekin o‘shanda barchasini to‘g‘ri bajarganman. Xuddi «avtopilot»dagidek harakat qilganman.

Shuningdek, Istanbul. Bu bahs nafaqat men, balki butun jamoa uchun muhim bo‘lgan. U hamisha birinchi raqamli o‘yinimiz bo‘ladi.

- «Enfild»dagi eng yaxshi muhit...

- Chempionlar Ligasining yarim finalidan o‘rin olgan «Chelsi»ga qarshi o‘yin. Uchrashuv boshlanishidan deyarli bir soat oldin stadion muxlislar bilan to‘lgandi. To‘g‘ri, bunday holatlar ko‘p bo‘lgan. Ammo mashqlar paytida stadionning kuylashni boshlaganiga guvoh bo‘lmagandim.

- «Liverpul»da ajoyib futbolchilar bilan to‘p surgansiz. Ular orasida eng yaxshisi kim bo‘lgan?

- Eng sevimli sherigim - Jeymi Karrager. Shuningdek, Fernando Torres va Luis Suareslar bilan ham o‘ynash yoqardi. Ba’zida «shu ishni qanday qildi ekan», deb o‘ylanib qolardim. Bundan tashqari, Maykl Ouen bilan o‘ynagan davr­larni ham ko‘p yodga olaman. Robbi Fauler «Liverpul»ning yoshlar jamoasi o‘ynab yurganimda kumirim bo‘lgan. Shu bilan birga, Piter Krauch, Endi Kerroll va Dirk Kuytlar bilan birga o‘ynash ham yoqimli bo‘lgan.

- «Liverpul» safida 186ta gol urgansiz. Texnik jihatdan shulardan eng yaxshisi qaysi?

- Angliya kubogi finalidagi «Vest Xem»ga qarshi o‘yinning so‘ng­gi daqiqasida urgan golim. Shuning­dek, «Olimpiakos»ga qarshi uchrashuvdagisi.

Qolaversa, «Midlsbro» va «Marsel»­ga qaychi usulida urgan gollarimni ham esdan chiqarib bo‘lmaydi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 18:57, 20.01.2017.
O'qildi: 6928 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.