"Lester" bosh murabbiyi Klaudio Ranyeri jamoa hujumchisi Leonardo Ulloadan ayrilishni istamayapti.
"Menga Leonardo yoqadi, u ajoyib professional. U biz bilan qoladi deb umid qilaman, uning qolishini istayman", - deydi Ranyeri.
Avvalroq, Ulloa o‘zini transferga qo‘yishlarini "Lester" rahbariyatidan so‘ragani xabar qilingan edi.