Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fabrisio Romano Alvaresning «Barselona»ga transferi bo‘yicha yangi tafsilotlar bilan bo‘lishdi

Fabrisio Romano Alvaresning «Barselona»ga transferi bo‘yicha yangi tafsilotlar bilan bo‘lishdi

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares «Barselona»ning transfer maqsadi bo‘lib qolmoqda. Mashhur insayder Fabrisio Romano Kataloniya grandining niyati jiddiy ekanini tasdiqladi, biroq yaqin orada vaziyatga oydinlik kiritilmasligiga sha’ma qildi.

Ayni damda argentinalik futbolchi bor e’tiborini Chempionlar ligasiga qaratgan, u yerda jamoasi yarim finalda Londonning «Arsenal» klubiga qarshi bahs olib boradi. Qayd etilishicha, «Barselona» 26 yoshli forvardni sotib olish uchun «faol harakat qilmoqda», shu bilan birga, «ko‘k-anorranglilar» rahbariyati moliyaviy jihatdan bu kelishuvni amalga oshirish qanchalik qiyin bo‘lishini yaxshi tushunib turibdi.

Transfermarkt bahosiga ko‘ra, Alvaresning bozor qiymati 90 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 11:41, 26.04.2026.
O'qildi: 8041 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик