«Barselona» afsonasi Ronaldinyo Kataloniya klubini ommalashtirish ishlarida qatnashadi.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, 36 yoshli futbolchi «blaugranas» safida ikki lavozimni egallashga rozi bo‘lgan.
Birinchidan, u klub faxriylari jamoasining a’zosiga aylanadi. Ikkinchidan, klub elchisi lavozimiga qaytadi.
Avvalroq, futbolchini Braziliyaning «Kuritiba» klubiga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqan edi.