Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/09 19:00 Dinamo 1-0 Qizilqum
10/09 19:00 Andijon 2-1 Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm 0-0 So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche 1-1 Roma
10/09 21:45 PSV 1-1 Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted 4-0 Sabah
10/09 23:59 Bavariya 5-0 Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo 4-1 RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya 2-3 Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

Nemanya Yovanovich: “Nazorat o‘yinlarda natija muhim emas”

Nemanya Yovanovich: “Nazorat o‘yinlarda natija muhim emas”

Baho:
+ | -

Mavsumga tayyorgarlikni Toshkentda o‘tkazayotgan Namanganning “Navbahor” klubi bugun Bekobodning “Metallurg” klubiga qarshi navbatdagi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.

Ushbu bahsda bekobodliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozonishdi. O‘yindan so‘ng “Navbahor” hujumchisi Nemanya Yovanovich o‘z fikrlarini bildirdi.

“Metallurg”ga qarshi qiyin uchrashuvni o‘tkazgan bo‘lsakda mag‘lubiyatni qabul qilib oldik. Bunday o‘yinlarda natija muhim emas. O‘rtoqlik bahslarida asosan futbolchilarning tayyorgarligi qanday ekanligi ko‘rib chiqiladi.

Hozircha kuniga ikki mahaldan mashg‘ulot o‘tkazyapmiz. Mavsumgacha yana bir yarim oy vaqt bor. Ungacha optimal formaga kirib olamiz, deb o‘ylayman. Ko‘pchilik biladi o‘tgan yilgi mavsumni “Qizilqum” jamoasi tarkibida yakunladim. 4-5 kun avval “Navbahor” jamoasi bilan 1 yillik bitimga imzo chekdim. Yaqin kunlarda “Buxoro” jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazamiz. Menimcha shu bilan yangi mavsumga chiqib ketsak kerak”, - dedi “Navbahor” futbolchisi Nemanya Yovanovich.

Manba: lochinlar.uz
Kiritildi: 18:22, 21.01.2017.
O'qildi: 5107 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик