Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Ayollar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi–2018 saralash bosqichiga qur’a tashlandi

Ayollar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi–2018 saralash bosqichiga qur’a tashlandi

Baho:
+ | -

Iordaniyaning Amman shahrida 21 yanvar kuni ayollar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi–2018 saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi “B” guruhidan joy oldi. Mazkur guruhda terma jamoa Janubiy Koreya, Gonkong, Hindiston va KXDR ayollar termasiga qarshi bahs olib boradi.  

“B” guruhi uchrashuvlari 3–11 aprel kunlari KXDRda bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston ayollar terma jamoasining o‘yin taqvimi quyidagicha:

3 aprel. O‘zbekiston – Gonkong

7 aprel. O‘zbekiston – Hindiston

9 aprel. O‘zbekiston – KXDR

11 aprel. O‘zbekiston – Janubiy Koreya

Reglamentga ko‘ra, faqatgina guruh bosqichida zafar quchgan terma jamoa Osiyo Kubogi–2018 turnirining final bosqichiga yo‘llanma oladi. O‘z guruhida g‘alaba qozongan terma jamoalar Yaponiya, Avstraliya, Xitoy (Osiyo chempionati–2014 yakuniga ko‘ra eng yuqori reytingga ega bo‘lgan jamoalar) hamda Iordaniya (turnir mezboni)ga qo‘shiladi.

Shu tariqa, 2018 yilning 7–22 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati final bosqichida jami 8 terma jamoa ishtirok etadi. Final bosqichida eng yaxshi natijani qayd etigan besh terma jamoa Fransiyada iyun/iyul oylarida bo‘lib o‘tadigan ayollar o‘rtasidagi JCH–2019 musobaqasiga yo‘llanma oladi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 11:02, 22.01.2017.
O'qildi: 7323 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.