Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Canjar Quvvatov: «Tailand haqidagi xabarlar asossiz edi»

Canjar Quvvatov: «Tailand haqidagi xabarlar asossiz edi»

Baho:
+ | -

O‘tgan yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, yana bir bor chempionatning bronza medallari bilan taqdirlangan Qarshining «Nasaf» klubi yangi mavsumga tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini davom ettirmoqda.

Aniqroq aytsak, «ajdarlar» klub bazasida kuniga ikki mahaldan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazishyapti. Tarkibga bog‘liq eng muhim yangiliklardan biri shuki, bir necha yil davomida «Nasaf» sharafini himoya qilgan himoyachi Shuhrat Muhammadiyev Toshkentning «Lokomotiv» klubi bilan shartnoma tuzdi. Biz jamoada bo‘layotgan o‘zgarishlar va tayyorgarlik jarayoni haqida to‘liqroq ma’lumot olish uchun  darvozabon Sanjar Quvvatovni suhbatga tortdik.

- Sanjar, «Nasaf»ning mashg‘ulotlari qanday davom etmoqda? Asosiy e’tibor nimaga qaratilgan?

- Hammasi odatdagiday: kuniga ikki mahaldan mashg‘ulot o‘tkazyapmiz. Asosiy e’tibor esa jismoniy tayyorgarlikka yo‘naltirilgan. Yangi yilgacha o‘tkazilgan ilk yig‘inimizda tiklanish mashqlariga urg‘u qaratilgandi.

- Aytingchi, yig‘inga yangi futbolchilar ham qo‘shilishganmi?

- Yo‘q, hozircha safimizda yangi futbolchilar yo‘q. Ehtimol, ular tez orada tarkibdan joy olishar...

- Aslida sizning «Nasaf» bilan tuzgan shartnomangiz yakunlangan edi, shundaymi?

- Ha, kelishuv yakuniga yetgan edi. Biroq men klub rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan suhbatdan so‘ng shartnomani yana bir yilga uzaytirishga qaror qildim.

- Jamoani o‘zgartirish haqida o‘ylab ko‘rmadingizmi?

- Ochig‘i, bunga vaqt ham bo‘lmadi (kuladi).

- Lekin «Nasaf» asosiy tarkibida muntazam maydonga tushish, doimiy ravishda o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish oson emas...

- Ha, chindan ham «Nasaf»da raqobat juda kuchli. Tarkibdagi uchala darvozabon ham asosiy tarkibda o‘ynashga haqli, aslida. Eng muhimi, jamoamizdagi ichki muhit havasga arzirli va boshlang‘ich tarkibda maydonga tushish uchun barchada birdek imkoniyat bor. Murabbiylarimiz aytayin kimgadir yon bosishmaydi. Boshqacha aytsak, o‘yin kuni maydonga tushishga kim har tomonlama tayyor bo‘lsa, o‘sha futbolchiga ishonch bildiriladi. Faqat harakatdan to‘xtab qolmaslik kerak. Misol uchun, o‘zim ham raqobat kuchliligiga qaramay, o‘tgan yili asosiy tarkibda 13 ta o‘yinda maydonga tushdim.

- Sanjar, so‘nggi paytlarda tar­qalgan mish-mishlarga ko‘ra, «Nasaf» asosiy tarkib futbolchilaridan bir guruhi jamoani tark etarmish. Bu haqda nima deya olasiz?

- Bu - shunchaki mish-mishlar, xolos. Hozircha jamoamizdan birgina Shuhrat (SHuhrat Muhammadiyev nazarda tutilgan, - muallif) ketdi. Qolgan barcha futbolchilar mashg‘ulotlarda to‘liq ishtirok etishyapti.

- Nima deb o‘ylaysiz, klub rahbariyati o‘tgan yilgi natijalardan qoniqish hosil qilishdimi?

- To‘g‘risi, erishilgan yutuqlar juda kishini xursand qiladigan darajada emasdi. Biz aslida chempionlikni, juda bo‘lmaganda, mamlakat kubogini qo‘lga kiritishni maqsad qilgandik. Afsuski, bu vazifani uddalay olmadik.

- Taqdirni qarangki, «Nasaf» bu gal ham bronza medali bilan taqdirlandi. Bundan kelib chiqmoqdaki, oltin medallar yo‘lidagi raqobatchilari hamon «Nasaf»dan sezilarli darajada kuchliroq ekan. Bu fikrga qo‘shilasizmi?

- Yo‘q. Menimcha, hech bir futbolchi o‘z jamoasini kuchsiz deb aytmaydi. O‘ylashimcha, bizda chempionlik kurashi uchun mos keladigan tarkib bor. Lekin eng muhim pallalarda jamoamizdan biroz omad yuz o‘girmoqda, xolos.

- Keling, endi shaxsiy yutuqlaringiz to‘g‘risida so‘zlashsak. Aytingchi, 2016 yil siz uchun qanday keldi? O‘z o‘yinlaringizdan ko‘nglingiz to‘ldimi?

- Ochig‘ini aytsam, o‘z o‘yinlarimdan hech qachon qoniqmaganman. To‘g‘ri, ba’zi uchrashuvlarda harakatlarimdan qoniqdim. Shu bilan birga, ayrim xato va kamchiliklar ham kuzatildi.

- Sanjar, bir vaqtlari sizda Tailand klubida to‘p surish imkoni bo‘lgandi. Aytingchi, nima uchun bu transfer amalga oshmay qolgan?

- Yo‘q, bilasizmi, Tailand haqidagi xabarlar shunchaki mish-mish edi, xolos. Hozir nomini aniq eslay olmayapman (o‘ylanib), qaysidir saytda bu haqda noto‘g‘ri ma’lumot berishgan. Shundan so‘ng, bir zumda men haqimda mish-mishlar avj olib ketgandi.

- Ma’lumki, tez orada «Nasaf» ham OCHLning «pley-off» uchrashuvida ishtirok etadi. Raqib haqida nima deya olasiz? Bu bosqichdan o‘ta olarmikansizlar?

- Raqib jamoa juda ham kuchli. Shuning uchun biz tayyorgarlikka zo‘r berganmiz. Mashg‘ulotlar kuchaytirilgan rejim asosida o‘tkazilyapti. To‘g‘ri, hozir «Al Hid» jamoasi Bahrayn chempionatida yaxshi o‘yin namoyish eta olmayapti. Lekin bunga aldanib qolmasligimiz kerak. Agar biz mehnat qilishdan to‘xtamasak, o‘ylashimcha, OCHL guruh bosqichiga muammosiz qo‘shilib olamiz.

- Nazariy mashg‘ulotlarda raqibni o‘rganyapsizlarmi yoki bu jarayon hali boshlanmadimi?

- To‘g‘risini aysam, hali raqibimizning o‘yinlarini o‘rganib chiqmadik. Men bu bilan faqat futbolchilarni nazarda tutyapman, xolos. Lekin klubimizdagi mas’ul kishilar Bahrayn jamoasi haqida ma’lumot to‘plashni boshlab yuborgan. Menimcha, tez orada raqib haqida batafsil axborotga ega bo‘lamiz.

- Mazkur uchrashuv «Bunyodkor» stadionida belgilanganidan xabaringiz bor, albatta. «Nasaf» futbolchilariga stadionning unchalik ham ahamiyati bo‘lmasa kerak, harholda?

- Eng muhimi - biz O‘zbekistonda, o‘z muxlislarimiz ko‘z o‘ngida o‘ynaymiz. Shuning uchun, o‘yinning qaysi stadionda o‘tkazilishining farqi yo‘q. Qarshidagi stadionda esa rekonstruksiya ishlari jadal davom etyapti. Nasib qilsa, guruh bosqichida chiqib olsak, raqiblarimizni o‘z stadionimizda qabul qilaveramiz.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:07, 22.01.2017.
O'qildi: 6461 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.