Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy - Liverpul
11/03 01:00 Atalanta - Bavariya
11/03 01:00 Atletiko - Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl - Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal

Dunyoning 1-raketkasi ham Australian Open–2017 ni tark etdi

Dunyoning 1-raketkasi ham Australian Open–2017 ni tark etdi

Baho:
+ | -

Dunyoning birinchi raketkasi – britaniyalik 29 yoshli Endi Marrey Australian Open turnirining nimchorak finalida jahon reytingida 50-o‘rinda borayotgan germaniyalik tengdoshi Misha Zverevga qarshi bahs olib borib, kutilmaganda 5:7, 7:5, 2:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda musobaqa rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Mazkur hodisa o‘zbekistonlik Denis Istominning ikkinchi davrada jahon reytingida 2-pog‘onada borayotgan serbiyalik Novak Jokovichni turnirdan chiqarib yuborganidan keyingi katta sensasiya bo‘ldi.

Bunga qadar Marrey va Zverev ATP tasnifidagi turnirlarda atigi bir marta – 2015 yili Myunxendagi musobaqada to‘qnash kelgan. O‘shanda britaniyalik tennischi 6:2, 6:2 hisobida zafar quchgandi.

Ma’lumot uchun, yaqindagina ser unvoniga ega bo‘lgan Endi Marrey «Katta dubulg‘a» turkumidagi turnirlarda 10 marta finalga chiqib, shularning 3 tasida — US Open (2013) va «Uimbldon»da (2013 va 2016) g‘alaba qozongan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:43, 22.01.2017.
O'qildi: 15405 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.