Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Qizilqum rahbari Hamidjon Aktamov: «Raqib bilan qachon va qayerda o‘ynashning ahamiyati yo‘q»

Qizilqum rahbari Hamidjon Aktamov: «Raqib bilan qachon va qayerda o‘ynashning ahamiyati yo‘q»

Baho:
+ | -

Oxirgi yillarda oliy ligada “jon saqlash” uchun kurashishga odatlangan Navoiyning “Qizilqum” jamoasi O‘zbekiston yigirma beshinchi milliy chempionatini bir muncha barqaror o‘tkazib, yana muxlislar ishonchini qozondi.

Navoiyliklar yakunlangan mavsumda o‘n olti jamoa orasida oltinchi o‘rinni egalladi. 2002 yilda konchilar mamlakat chempionati bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsalar, oxirgi marotaba kuchli oltilikdan bundan roppa-rosa o‘n yil muqaddam joy olishga muvaffaq bo‘lishgandi. Albatta, bu ko‘rsatkichni ijobiy baholash mumkin.

Mavsum yakunlari va kelgusi rejalar xususida “Qizilqum” jamoasi bosh menejeri Hamidjon Aktamov futbol klubi matbuot xizmatiga o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.

— Muxlislar doimo o‘z sevimli jamoasidan yuqori natijalar talab qilishga haqli, — deydi Hamidjon G‘ulomovich. — Agar so‘nggi mavsumlarda chempionatning quyi pog‘onalarida nursiz o‘yinlar namoyish etishga odatlangan jamoaning kuchli oltitalikka kirganini hisobga olsak, futbolchilarimiz natijasi ijobiydek ko‘rinishi mumkin. Ammo jamoamiz murabbiylar shtabi hamda a’zolarining yakuniy natijadan ko‘ngillari to‘lgani yo‘q. Ayrim muhim uchrashuvlar oldidan ba’zi yetakchi va tajribali futbolchilarimizning jarohat olganligi, zarur o‘yinlarda yordam bera olmaganligi evaziga qimmatli ochkolarni boy berdik. O‘z maydonimizda “Buxoro”, “Metallurg”, “Qo‘qon-1912”, “Lokomotiv” singari raqiblarimizga ochkolar ulashganimiz mavsum oxirida baribir salbiy ta’sir qildi. Anchadan beri mamlakatimizning “Paxtakor”, “Bunyodkor” kabi jamoalaridan o‘z maydonimizda ochko ololmayotgan edik. Bu mavsumda shunday noxush an’analarga barham bera olganimizdan kayfiyatimiz ko‘tarildi. Ayniqsa, “Nasaf” jamoasiga qarshi bahsda g‘alaba qozona turib oxirgi daqiqalarda durang qayd qilganimiz juda alamli bo‘ldi. 

— Jamoangiz o‘tgan mavsumda safarda muhim ochkolarni qo‘lga kiritganligi ko‘pchilik muxlislarga manzur bo‘ldi...

— Ha, albatta. Mavsum boshida o‘z oldimizga avvalo chiroyli o‘yin namoyish etish va g‘alabalarimiz bilan muxlislarni quvontirishni maqsad qilgandik. O‘yin xoh uyda, xoh safarda bo‘lmasin unda g‘alaba qozonish uchun kurash olib bordik. Ayniqsa, vodiyda o‘tkazilgan bahslarda muhim ochkolar bilan qaytdik. Jumladan, futbolchilarimiz “Qizilqum” tarixida ilk bor bir mavsumning o‘zida safarda o‘ynashiga qaramay “Qo‘qon-1912”, “Andijon”, “Navbahor” hamda “Neftchi” jamoalari ustidan g‘alabaga erishdi.

— Garchi, “Qizilqum” jamoasi chempionatda oltinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa-da, muxlis to‘plash borasida faqat buxoroliklardan so‘ng  ikkinchi bo‘ldi...

— Bu avvalo viloyatimizda futbolni rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan katta hajmdagi xayrli ishlar bilan belgilanadi, desam xato qilmayman. Oxirgi yillarda viloyat hokimligi va xomiylarimiz — Navoiy kon-metallurgiya kombinati hamda “Qizilqumsement” AJ rahbariyatining sa’y-harakatlari bilan juda ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Jumladan, jamoamiz uy o‘yinlarini o‘tkazadigan “Yoshlar” sport majmuasi to‘liq qayta rekonstruksiya qilindi, futbolchilar va muxlislar uchun barcha qulayliklar yaratildi. Futbol maydoni maysasi to‘liq almashtirilib, xalqaro talablarga javob beradigan holatga keltirildi. Bugun Navoiyga keladigan raqiblarimiz ham maydonning ideal holatda ekanligini ko‘rib, o‘z havaslarini yashirishmayapti. Ammo hali qilinadigan ishlar talaygina. Stadion tablosini yanada zamonaviysiga almashtirishimiz lozim. Yangi mavsumda Navoiyda o‘yin kunlari muxlislar uchun bir qator ko‘ngilochar tadbirlar uyushtirishni rejalashtiryapmiz.

— Odatda, har yil mavsum boshida jamoalar tarkibida o‘zgarishlar yuz berishi tabiiy. Muxlislarni “Qizilqum” jamoasi tarkibida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar qiziqtirmoqda?

— Jamoamiz rahbariyati oxirgi mavsumda futbolchilarimiz ko‘rsatgan o‘yinlardan va ularning aksariyati xatti-harakatidan ko‘ngli to‘lganligini aytib o‘tishni istardim. Shuni hisobga olgan holda tarkibning o‘zagini saqlab qolishni rejalashtirganmiz. O‘tgan mavsumda jamoamizda o‘ynagan ayrim futbolchilar bilan xayrlashdik. Jumladan, Hamza Karimov, Otabek Narzullayev, Shukur Jumaboyev, Eliyorjon Akbarov, Nodirxon Kamolov, Nemanya Yovanovich kabi futbolchilar boshqa jamoalarda o‘ynash istagini bildirishdi. Ularga futbol klubimiz nomidan xizmatlari uchun rahmat aytamiz va keyingi faoliyatlarida omadlar tilaymiz. Albatta, ular o‘rniga boshqa o‘yinchilarni jalb etishni mo‘ljallaganmiz. Ayni chog‘da jamoa mashg‘ulotlarida bir qator tajribali futbolchilar murabbiylar ko‘rigidan o‘tishyapti. Jumladan, Mansur Saidov, Shukurali Po‘latov (“Neftchi”), Otabek Zokirov (“Qo‘qon-1912”), Umid Xonimqulov (“Olmaliq”), Azamat Allaniyozov (“Nasaf”) kabi futbolchilar  ishonchimizni oqlashsa, ular bilan shartnoma imzolaymiz.

— Yana bir yarim oydan so‘ng, yangi mavsum boshlanadi. Aksariyat jamoalar poytaxtimizda va xorij mamlakatlarida yig‘inlar tashkil etishyapti. Bu borada “Qizilqum”ning rejalari qanday?

— Bu borada klubimiz murabbiylar shtabining o‘z rejasi bor, albatta. Hozirgacha ikki bosqichda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inimizni o‘z qarorgohimizda, ya’ni Navoiyda uyushtirdik. Ikkinchi yig‘in doirasida Samarqand dinamochilari bilan sinov-nazorat o‘yini o‘tkazdik. Rejaga ko‘ra, 25 yanvardan boshlab tayyorgarlik Toshkentda davom etadi. Ushbu yig‘in doirasida poytaxtimizda mamlakatimiz oliy va birinchi liga jamoalari bilan bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushish rejalashtirilgan. Xorij yig‘ini uyushtirilsa, albatta ayni muddao bo‘lardi. Bu borada hozircha bir to‘xtamga kela olganimiz yo‘q. Agar moliyaviy masalalar ijobiy hal etilsa, albatta Turkiyada yig‘in o‘tkazishimiz mumkin.

— Jamoangiz oldiga yangi mavsumda qanday vazifalar qo‘yilmoqda?

— Maqsadimiz o‘zgarmaydi. Avvalo muxlislarimiz ishonchini oqlab, chiroyli va hujumkor o‘yinlar namoyish etish uchun bor kuch-imkoniyatimizni ishga solamiz. Viloyat hokimligi va xomiymiz — Navoiy kon-metallurgiya kombinati hamda “Qizilqumsement” AJ rahbariyati bizni har lahzada qo‘llab-quvvatlab turishgani kuchimizga kuch qo‘shadi. O‘tgan mavsumda yo‘l qo‘ygan xato-kamchiliklardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, ularni takrorlamaslikka intilamiz. Qayd etilgan natijalar shuni ko‘rsatdiki, milliy chempionatimizda har qanday jamoa bilan faqat g‘alaba uchun o‘ynasa arziydi. Demak, “Qizilqum” ham bemalol yuqori o‘rinlar uchun kurashadi. Buning uchun Navoiyda barcha shart-sharoit va qulayliklar yetarli, deb bilaman.

— Qur’aga ko‘ra, “Qizilqum” futbolchilari mavsumni safarda boshlab, safarda yakunlashadi. Qolaversa, dastlabki turda yetakchi jamoalardan biri “Paxtakor” bilan Toshkentda o‘ynaydi. Bu galgi qur’adan ko‘nglingiz to‘ldimi?

— Qur’adan norozi bo‘lishga haqqimiz yo‘q. Chempionatdagi raqiblarimizning barchasi bilan baribir o‘ynaymiz. Ular bilan esa qachon va qayerda o‘ynashimizning unchalik ahamiyati yo‘q. Muhimi, mavsumga muammolarsiz hozirlik ko‘rsak kifoya, deb o‘ylayman.  

Manba: fcqizilqum.uz
Kiritildi: 12:38, 23.01.2017.
O'qildi: 4982 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.