Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

“Sevinch” mini-futbol chempionatni yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi

“Sevinch” mini-futbol chempionatni yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi

Baho:
+ | -

Bugun Toshkent shahridagi “Yoshlik” sport arenasida ayollar o‘rtasidagi mini futbol bo‘yicha XIII O‘zbekiston chempionati start oldi.

O‘zbekiston ayollar futboli assosasiyasi tomonidan har yili yanvar-mart oylarida ayollar o‘rtasida ushbu chempionat muntazam o‘tkazib kelinadi. Futbolning ushbu turida nafaqat professional futbol klublari balki havaskor jamoalar ham ishtirok etadi.

Bu yilgi chempionatda quyidagi jamoalar ishtirok etishmoqda:

“Sevinch” (Qarshi)
“Sho‘rtan Lady” (G‘uzor)
“Paxtakor W” (Toshkent)
“Yuzrabot” (Toshkent)
“Qirq qiz” (Nukus)
“Alanga S” (Jizzax)
“Baxmal” (Jizzax vil.)
“Oqqo‘rg‘on” (Toshkent vil.)
“TATU” (Toshkent)

Ko‘rib turganingizdek, bu yilgi chempionatda Andijonning “Andijanka” jamoasi ishtirok etmayapti. Shuningdek har yili ishtirok etib keladigan, Buxor shahri jamoasi ham bu yilgi chempionatga tashrif buyurmadi.

Bugun chempionatning dastlabki bosqichi, 1-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Faqat jizzax viloyatining “Baxmal” jamoasi bugun uchrashuv o‘tkazmadi, ushbu jamoa ertaga uchrashuvlarga kirishadi.

Quyidagi bugungi uchrashuvlar natijalari bilan tanishtirib o‘tamiz:

“Sho‘rtan Lady” – “Paxtakor” 3:4
“TATU” (Toshkent) – “Oqqo‘rg‘on” (Toshkent vil.) 7:0
“Qirq qiz” (Nukus) – “Alanga S” (Jizzax) 4:0

“Sevinch” jamomiz ushbu futbol turida mamlakatimizdagi yetakchi va o‘n ikki karra chempioni hisoblanadi. Jamoamiz bu safar ham chempionatni yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi. Jamoamizning bugungi raqibi Toshkent shahrining “Yuz robot” jamoasi bo‘ldi. Raqiblariga nisbatan ancha katta tajribaga ega bo‘lgan jamoamiz futbolchilari toshkentliklar darvozasiga 13ta gol kiritishdi. Hushyorlikni biroz yo‘qotgan jamoamiz o‘z darvozasidan 2 marta to‘p olib chiqishga majbur bo‘ldi. Uchrashuv 13:2 yirik hisobidagi jamoamizning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvdagi gollarga Malika Burxonova (1), Nilufar Qudratova (1), Maftuna Panjiyeva (1), Shaxzoda Jamolova (1), Kamola Riskiyeva (2), Maftuna Shoyimova (4), Ilvina Ablyakimova (2), Shoira Qulto‘rayevalar (1) mualliflik qilishdi.

Quyida uchrashuv qaydnomasini e’tiboringizga havola qilamiz.
Mini futbol bo‘yicha XIII O‘zbekiston chempionati. Dastlabki bosqich, 1-tur
“Sevinch” (Qarshi) – “Yuzrabot” (Toshkent) 13:2 (10:0)
Toshkent sh., “Yoshlik” sport arenasi. 23.01.2017 yil
Hakamlar: Edita Mirobidova, Aleksandra Konchikova, Lyudmila Geyger, Anna Sidorova.
Gollar: Malika Burxonova (5′-1:0), Nilufar Qudratova (7’-3:0), Maftuna Panjiyeva (8’-4:0), Shaxzoda Jamolova (9’-5:0), Kamola Risqiyeva (11′-6:0, 18’-8:0), Maftuna Shoimova (5’-2:0, 16’-7:0, 20’-10:0, 31’-11:2), Ilvina Ablyakimova (19′-9:0, 32’-12:2), Shoira Qulto‘rayeva (34’-13:2) – Shahlo Zaynitdinova (24’-10:1), Jasmina Abdug‘aniyeva (25’-10:2).
“Sevinch”: 1.Laylo Tilavova, 12.Matluba Abdirasulova, 8.Kamola Riskiyeva (s), 11.SHaxzoda Jamolova, 10.Ilvina Ablyakimova, 17.Tanzilya Zarbiyeva, 27.SHodiya Tosheva, 37.Malika Burxonova, 77.Nilufar Qudratova, 7.SHoira Qulto‘rayeva, 20.Maftuna Panjiyeva, 25.Maftuna Shoimova, 21.Feruza Boboxo‘jayeva, 18.Sevara Normurodova.

“Yuzrabot”: 1.Lyudmila Jumayeva, 2.Ziyoda Isakova, 8.Nilufar Baxtiyorova (s), 10.SHahlo Zaynitdinova, 11.Alsu Bulatova, 13.Zarina Yusupova, 7.Polina Mixanko, 19.Linda Nazar, 21.Jasmina Abdug‘aniyeva, 18.Sabrina Sobirjonova, 4.Viktoriya Sirota, 22.Ra’no To‘ychiyeva, 17.Robiya Rahimova, 5.Angelina Akteryakova.

Ertaga bo‘ladigan uchrashuvlar taqvimi:
09:00 ”Sevinch” – “Paxtakor W”
10:00 ”Yuzrabot” – “Baxmal”
11:00 ”Alanga S” – “TATU”
12:00 ”Oq qo‘rg‘on” – “Sho‘rtan Lady”
Dam olish: “Qirq qiz”

Manba: pfcsevinch.uz
Kiritildi: 21:03, 23.01.2017.
O'qildi: 5681 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик