Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Samvel Babayan: "Yig‘indagi asosiy e’tibor Gruziya bilan o‘yinga qaratilgan edi"

Samvel Babayan: "Yig‘indagi asosiy e’tibor Gruziya bilan o‘yinga qaratilgan edi"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH–2018 saralash bosqichi ikkinchi davrasiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida BAAning Dubay shahrida 21–24 yanvar kunlari o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini o‘tkazdi.

Yig‘in doirasida Samvel Babayan shogirdlari ikkita o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi. Yoshartirilgan tarkibda harakat qilgan O‘zbekiston terma jamoasi Daniya U-23 termasiga qarshi bahs olib borib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.  Ikkinchi o‘yinda esa terma jamoa Gruziya bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan BAAdagi yig‘indan ko‘zlangan maqsad, o‘tkazligan o‘yinlar va bo‘lajak rejalar borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“JCH–2018 saralash bosqichi 2-davrasidan o‘rin olgan Suriyaga qarshi o‘yin oldidan BAAda o‘tkazilgan o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inidan ko‘nglim to‘ldi. Yig‘in doirasida o‘tkazilgan har ikki o‘yinda o‘zimiz uchun kerakli xulosalar chiqarib oldik. Daniya U-23 termasiga qarshi o‘yinda tajribaviy tarkibni maydonga tushirdik. Gruziya bilan bahsda esa yig‘inga chaqirilgan asosiy futbolchilar harakat qildi.  Yig‘in qisqa muddatli va FIFA kunlariga to‘g‘ri kelmaganligi bois legioner futbolchilarni taklif qila olmadik va terma jamoa asosini “Lokomotiv”, “Paxtakor”, “Bunyodkor” va “Buxoro” futbolchilari tashkil etdi. “Nasaf” OCHL–2017 o‘tish bosqichiga tayyorgarlik ko‘rayotgani uchun klub futbolchilari yig‘inga taklif etilmadi.

Barcha futbolchilar maydonda bor kuchini berib, terma jamoaning modeliga asosan harakat qildi. Milliy termaning asosiy tarkibida tushadigan futbolchilar o‘yinidan qoniqish hosil qildim. O‘tkazilgan har ikki o‘rtoqlik o‘yinida Vitaliy Denisov, Anzur Ismoilov va Yegor Krimesning yo‘qligi bilindi va buning natijasida jami 4 ta gol o‘tkazib yubordik. Shulardan ikkitasini standart vaziyatdan urildi. Xatolar ustida ishlab, ularni tahlil qilishimiz va keyingi o‘yinlarga qadar bu muammolarni bartaraf qilishimiz lozim.

Yig‘inda asosiy e’tibor Gruziyaga qarshi o‘yinga qaratilgan edi. Himoyada yo‘l qo‘yilgan xatolarga qaramay, o‘yin davomida ustunlik biz tomonda bo‘ldi. Hujum chizig‘ida ham muammolar yuzaga keldi. Yaratilgan vaziyatlardan to‘liq foydalanilmadi va buning ustida ham ishlashimiz kerak. O‘yindagi ustunlikni urilgan gollar bilan namoyish qilishimiz lozim edi. Ammo o‘z darvozamizdan ketma-ket ikkita gol o‘tkazib, qiyin ahvolga tushib qoldik. Lekin futbolchilar o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotmadi va to‘p nazoratini o‘z qo‘liga olib, hisobni tenglashtirdi. Umuman olganda, o‘yindan ko‘nglim to‘ldi”, – dedi Babayan.

Samvel Babayan, shuningdek, terma jamoaning bo‘lajak rejalari haqida so‘zlab berdi.

“Shu yilning 9–12 fevral kunlari Turkiyada yig‘in o‘tkazish rejalashtirilgan. “Lokomotiv” va “Paxtakor” navbatdagi o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini Turkiyada o‘tkazishi va terma jamoa asosini aynan mana shu klub futbolchilari tashkil etishini inobatga olib, mamlakat termasining yig‘ini ham o‘sha yerda bo‘lib o‘tadi. “Nasaf” 31 yanvar kuni o‘tish bosqichida ishtirok etib, pley-off bosqichiga yo‘l olsa, 7 fevral kuni safarda o‘yin o‘tkazadi. “Bunyodkor” ham 7 fevral kuni Qatarning “Al-Jaish” klubi bilan guruh bosqichi yo‘llanmasi uchun kurashadi. Shundan so‘ng ushbu klublarning bir necha vakillari ham terma jamoa yig‘iniga qo‘shiladi. Turkiyadagi yig‘inda ikkita nazorat o‘yini o‘tkazishni rejalashtirganmiz. 12 fevral kuni Rossiya Premyer-ligasi klublaridan biriga qarshi o‘yin bo‘ladi. Yana bir nazorat o‘yini borasida tashkilotchilar muzokaralar olib bormoqda. Shu o‘rinda, terma jamoa yig‘inlarini tashkil qilishda yaqindan yordam bergan O‘FF rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni izhor qilmoqchiman”, – dedi O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi.

Eslatib o‘tamiz, JCH–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin O‘zbekiston terma jamoasi 9 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Eron 11 ochko bilan birinchi, Janubiy Koreya esa 10 ochko bilan ikkinchi pog‘onada bormoqda. 

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 10:52, 24.01.2017.
O'qildi: 8874 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.