Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 3-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Birinchi davrada "Real" hakamlar xatosi tufayli qo‘shimcha 8 ochko ishlagan

Birinchi davrada "Real" hakamlar xatosi tufayli qo‘shimcha 8 ochko ishlagan

Baho:
+ | -

Barselonada chop etiluvchi Mundo Deportivo gazetasi La Liganing birinchi davrasidagi "Real" va "Barselona" ishtirokidagi o‘yinlarni tahlil qilgan. Yakuniy xulosaga ko‘ra, hakamlar xatosi "Real"ga 8 ochko ko‘proq jamg‘arishga, "Barselona"ga esa, aksincha, 4 turnir ballini yo‘qotishga zamin yaratgan.

Misol sifatida nashr "Real" va "Selta" o‘rtasida o‘tgan uchrashuv (2:1) ga e’tibor qaratgan. Unda gollardan biri Alvaro Morata tomonidan toza oysayd holatida urilgan. Xuddi shunday e’tiroz "Malaga"ga qarshi o‘yin (2:1)da Ramosning goliga nisbatan qo‘llanilgan. Shuningdek, hakamlar xatosi "Espanyol" (2:0) va "Deportivo" (3:2) o‘yinlarida ham qayd etilgan.

"Barselona" ishtirokidagi o‘yinlarda hakamlar xatosi 8 marta qayd etilgan bo‘lib, ularning uchtasida amaldagi chempion ochko yo‘qotgan: "Selta"ga qarshi o‘yin (3:4)da Neymarga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun penalti belgilanmagan, "Malaga"ga qarshi o‘yin (0:0) da ofsayd noto‘g‘ri belgilanishi oqibatida Pikening goli inobatga olinmagan va "Vilyarreal" ga qarshi o‘yin (1:1) da jarima maydoni ichida raqib ikki bor qo‘li bilan o‘ynagani uchun penaltilar belgilanmagan.

Biroq, nashr shuni ham ta’kidlaydiki, "Real Sosyedad"ga qarshi o‘yinda "Barselona" darvozasiga urilgan toza gol kataloniyaliklarga qo‘shimcha bir ochko ishlab topishga imkon bergan.

La Liganing 19 turi o‘tib bo‘lgach, "Real" "Valensiya"ga qarshi zaxira o‘yiniga ega bo‘la turib, "Barselona"dan ikki ochko oldinda bormoqda.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 15:43, 24.01.2017.
O'qildi: 11221 marta.
Fikrlar: 73 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик