Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Boks bo‘yicha ayollar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasi start oldi

Boks bo‘yicha ayollar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasi start oldi

Baho:
+ | -

Yurtimizda boks nafaqat erkaklar balki ayollar orasida ham jadallik bilan rivojlanmoqda. 23-yanvar kuni poytaxtimizda aynan ayollar o‘rtasida boks bo‘yicha 2017-yil taqvimidan o‘rin olgan ilk turnir – O‘zbekiston kubogi musobaqasi start oldi.

2016-yil Rio de Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan Yodgoroy Mirzayeva (-51kg) o‘zi kabi yosh bokschi qizlarga erishish mumkin bo‘lgan yangi marrani taqdim etdi. Endilikda, Respublikamizning turli viloyatlarida ayollar boksiga bo‘lgan qiziqish ortib, ushbu sport turi bilan muntazam tarzda shug‘ullanuvchi qizlar soni oshib bormoqda.

O‘zbekiston Boks Federasiyasi 2017-yildan boshlab har yili ayollar orasida mamlakat kubogi musobaqasi tashkil qilib, bokschilar orasidagi yuzaga kelayotgan sog‘lom raqobatni yanada qo‘llab quvvatlashni maqsad qildi. 23-yanvar kuni Toshkent shahrida start olgan mazkur musobaqa janglarini Boks bo‘yicha ayollar terma jamoasi murabbiylari sinchkovlik bilan kuzatib borishmoqda.

Ilk bor tashkil qilingan O‘zbekiston kubogi musobaqasida malakatimizning sakkiz viloyati va Toshkent shahrida boks bilan shug‘ullanuvchi 90 nafar sportchi g‘oliblik uchun kurashga kirishdi. Janglar 9 ta vazn toifasida bo‘lib o‘tmoqda. Turnirda umumiy hisobda 81 ta jang bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan. Ta’kidlash kerak, 23-yanvar kuni yengil vazn toifalaridagi janglar bilan boshlangan turnir 27-yanvar kunigacha davom etadi va aynan shu kuni barcha vazn toifalarida final janglari bo‘lib o‘tadi. 

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 19:26, 24.01.2017.
O'qildi: 5196 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик