PSJ hujumchisi Edinson Kavani Fransiya ligasi kubogi yarimfinalidan o‘rin olgan «Bordo» (4:1) klubiga qarshi o‘yinda dubl sohibi bo‘ldi.
Natijada, 29 yoshli urugvaylik futbolchi parijliklar safidagi gollari sonini 109taga yetkazib, to‘purarlar ro‘yxatida 2-o‘rinda borayotgan Pedru Pauleta bilan tenglashib oldi.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha 156 gol bilan Zlatan Ibrohimovich peshqadamlik qilmoqda.