Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

“Lokomotiv” futbolchilari bugundan mashg‘ulotlarga kirishdi

“Lokomotiv” futbolchilari bugundan mashg‘ulotlarga kirishdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston chempioni – “Lokomotiv” yangi mavsum tayyorgarliklari doirasida ilk xorij yig‘inini BAAning Dubay shahrida o‘tkazdi va 22 yanvar sanasida Toshkentga qaytib keldi.

4 kunlik qisqa ta’tildan so‘ng “temiryo‘lchilar” yana jamoa qarorgohida yig‘ildi va bugundan yana mashg‘ulotlarga kirishildi. Bugungi mashg‘ulotda terma jamoa bilan birgalikda BAA yig‘inida qatnashgan futbolchilarimizdan boshqa barcha ishtirok etdi. “Loko”ga yangi kelib qo‘shilgan iste’dodli hujumchi Murod Bobojonov ham mashg‘ulot jarayonida astoydil mehnat qildi.

Mashg‘ulot avvalida futbolchilar Mirko Yelichich boshchiligida yengil yugurib olgach, chigalyozdi mashqlari bajarishdi. So‘ng to‘p bilan muomala mashg‘ulotlariga o‘tildi. Kunning ikkinchi qismida esa mashg‘ulotlar trenajyor zalida davom ettirildi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 18:17, 25.01.2017.
O'qildi: 5013 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик