Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Viktor Kumikov: «Yig‘inni ko‘ngildagidek o‘tkaza oldik»

Viktor Kumikov: «Yig‘inni ko‘ngildagidek o‘tkaza oldik»

Baho:
+ | -

«Olmaliq» klubining Antaliyada tashkil etilgan birinchi yig‘ini yakuniga yetdi.

11-25 yanvar kunlarida o‘tgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida 3ta o‘rtoqlik o‘yini tashkillashtirildi. Mashg‘ulotlar kuniga ikki mahaldan olib borildi. Dastlabki xorij yig‘ini yakunlangach, jamoa bosh murabbiyi Viktor Kumikovdan bu yig‘in xulosalarini so‘radik.

Dastlabki xorij yig‘ini o‘z yakuniga yetdi. Bu yig‘indan ko‘nglingiz to‘ldimi?

- Antaliyadagi birinchi o‘quv-mashg‘ulotlarimiz rejalashtirganimizdek o‘tdi. Dastlabki kunlarda havo biroz sovuq, yomg‘irli bo‘lsada barcha mashg‘ulotlar o‘tkazildi. 3ta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdik. Unda 2 g‘alaba va bir mag‘lubiyat qayd etildi. Umumiy xulosa qiladigan bo‘lsak bu yig‘inda biz barchasini ko‘ngildagidek o‘tkaza oldik.

Tarkib borasida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi? Yig‘in davomida ko‘rikka kelgan legionerlardan ma’qul kelgani bormi?

- Albatta, bu yig‘in davomida bir qator xorijlik futbolchilar ko‘rikda bo‘lishdi. Hozircha serbiyalik Igor Yelich bilan kelishuvga erishdik. Uning maydondagi harakatlari bizga ma’qul keldi. Qolganlari borasida bir to‘xtamga kelmadik. Antaliyadagi ikkinchi yig‘inda ham ko‘rik davom etadi.

Ikkinchi yig‘in qachondan boshlanadi?

- Futbolchilarga bir necha kun dam beramiz. Jamoa a’zolari 30 yanvar kuni yana Antaliyaga yetib kelishadi. Navbatdagi yig‘in 20 fevralga qadar davom etadi. Bu oraliqda mashg‘ulotlar bilan birga 5ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazamiz. Shundan so‘ng jamoa Toshkentga qaytadi va mavsum boshlangunga qadar mashg‘ulotlar o‘sha yerda davom ettiriladi.

Jamoa a’zolari 26 yanvar kuni Antaliya - Istambul - Toshkent yo‘nalishida ortga qaytishadi.

Manba: fc-olmaliq.uz
Kiritildi: 12:34, 26.01.2017.
O'qildi: 5340 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.