«Chelsi» klubining 32 yoshli himoyachisi Branislav Ivanovich faoliyatini «Zenit» klubida davom ettirishi mumkin.
Serbiyalik futbolchi peterburgliklar bilan 2,5 yillik shartnoma imzolamoqchi.
APLning joriy mavsumida u 13ta o‘yinda maydonga tushgan bo‘lsa-da, aksariyatini zaxira o‘yinchisi sifatida boshlagan. Shu tufayli u jamoasini o‘zgartirishga qarshi emas.