Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

"Navbahor" nazorat o‘yinida "So‘g‘diyona"ga yutqazdi

"Navbahor" nazorat o‘yinida "So‘g‘diyona"ga yutqazdi

Baho:
+ | -

Qibrayda “Navbahor” va “So‘g‘diyona” jamoalari o‘rtasidagi nazorat o‘yini o‘tkazildi.

O‘yinning birinchi bo‘limida urilgan yagona gol “So‘g‘diyona”ning g‘alabasini ta’minladi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limi teng kurashlar ostida o‘tgan bo‘lsa-da, jizzaxliklar hisobni ochishga erishishdi. Raqib futbolchisi 25 metrlardan belgilangan jarima zarbasini golga aylantirishni uddasidan chiqdi. Eminovning zarbasidan keyin to‘p darvoza ustuniga tegib to‘rdan joy oldi.

Tanaffusdan keyin "Navbahor" hisobni tenglashtirish uchun bir qator hujumlar tashkil etishdi. Gol urish uchun imkoniyatlar bo‘lsa-da, vaziyatlardan foydalanishda aniqlik yetishmadi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida har ikki jamoa a’zolari o‘zaro tortishib ketishdi. Shu sababli hakam uch nafar futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatdi. "Navbahor"dan Alisher Mahmudov va Alisher Mirzayev maydondan chetlatilishdi. Nazorat o‘yini bo‘lganligi sababli o‘yinchilar sonini tenglash maqsadida Ravshan Xursanov yana safga qo‘shildi.

Uchrashuvni "Navbahor" quyidagi tarkibda o‘tkazdi: Asilbek Omonov, Jahongir Mehmonov, G‘iyos Komilov, Tohir Shamsiddinov, Alisher Samatov, A’zam Aliyev, Dilshod Jabborov, Oybek Qilichev, Mirzohid G‘ofurov, Ro‘zimboy Ahmedov, Ravshan Xursanov. Zaxiradan maydonga tushganlar: Azizbek Turg‘unboyev, Alisher Mahmudov, Hasanboy Ergashev, Abduaziz Sultanov, Akmal Ortiqov, Abbos Otaxonov, Ilhom Boydedayev, Alisher Mirzayev.

O‘yinda serbiyalik hujumchi Nemanya Yovanovich ishtirok etmadi. Legioner futbolchi alohida mashg‘ulot o‘tkazish bilan cheklandi. Yana bir darvozabon Nodir Ashurmatov esa zaxirada qoldirildi. 

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 17:27, 26.01.2017.
O'qildi: 3992 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик