Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Viloyat hokimi «Andijon oldiga Oliy ligaga chiqish vazifasini qo‘ydi

Viloyat hokimi «Andijon oldiga Oliy ligaga chiqish vazifasini qo‘ydi

Baho:
+ | -

Kecha Andijonda, kasaba uyushmalarining anjumanlar zalida viloyat hokimi yig‘ilish o‘tkazdi. Unda «Andijon» jamoasi rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar, «UzDongJu» jamoasi vakillari va viloyatdagi futbolga ixtisoslashtirilgan maktab internati rahbari, murabbiylar, yosh o‘smir futbolchilar hamda ishqibozlar klubi faollari ishtirok etdi.

Bundan ko‘zlangan maqsad, ortda qolgan 2016 yilda yo‘l qo‘yilgan xatolar, «Andijon» jamoasining oliy ligani tark etgani, umuman, klubning qoniqarsiz natijasi haqida so‘z bordi. Endilikda ushbu yo‘l qo‘yilgan xatolarni boshqa takrorlamaslikka, viloyat futboli infratuzilmasini yanada mustahkamlash uchun jiddiy ish olib borish kerakligi, belgilangan yillik byudjetdan to‘g‘ri va aniq dastur asosida foydalanish to‘g‘risida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov qattiq kuyunib gapirdi.

2017 yilda «Andijon» jamoasini kuchlilar safiga qaytishi nihoyatda muhim ekanligi ham ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, viloyat hokimi yig‘ilishda bolalar futbolida mustahkam poydevor qurish, mahalliy futbolchilar bilan ko‘p yillik shartnomalar imzolash, ular uchun har tomonlama qulay sharoitlarni yaratib borish, kelgusida «Andijon» jamoasi uchun zamonaviy tarzda qarorgoh barpo etish va bu ustida yaqin orada qurilish loyihasini ishlab chiqish lozimligini tegishli mas’ul hodimlarga vazifa qilib belgilab berdi.

Yig‘ilishda viloyat futbol federasiyasi birinchi vise-prezidenti Azizbek Sulaymonov, «Andijon» FK vise-prezidenti Jahongir Madixonov ham so‘z olib o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Qolaversa, «Futbolga ixtisoslashtirilgan maktab internati» tarbiyalanuvchilari nomidan Abduvohid ismli iqtidorli futbolchi ham berilgan imkoniyatdan foydalanib so‘zga chiqar ekan, 2016 yilda bir nechta musobaqalarda g‘oliblik nashidasini surishgani, kelgusida eng asosiysi «Andijon» va «UzDongJu» jamoasi uchun munosib professional futbolchi bo‘lib yetishishiga vada berib, buning uchun mashg‘ulotda o‘z ustilarida jiddiy ishlashlarini aytib o‘tdi.

Ishqibozlar faollari nomidan Nodirbek To‘ychiyev ham so‘zga chiqib, viloyat hokimiga futbolga qaratayotgan e’tibori va ko‘rsatayotgan amaliy yordami uchun muxlislar nomidan minnatdorchilik bildirgan xolda jamoani har qanday xolatda qizg‘in qo‘llab-quvvatlashlarini aytib, klub rivoji yo‘lida o‘z takliflarini bildirib o‘tdi.

Viloyat hokimi endilikda haftaning ma’lum bir kunida futbol sohasida faoliyat yuritayotgan vakillar bilan uchrashuv tashkil etish borasida taklif kiritib, qishloq va tumanlarda  ommaviy futbolni rivojlantirish, yoshlar ishtirokida turli xil musobaqalarni tashkil etish borasida ham takliflarni o‘rtaga tashladi.

Shu tariqa ishchan va samimiy ruhda kechgan yig‘ilish o‘z yakuniga yetdi.

Manba: fcandijon.uz
Kiritildi: 08:22, 27.01.2017.
O'qildi: 4944 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.