Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Zohir Pirimov: «Olmaliq»da 9 yil o‘ynadim, ketish alamli, albatta…»

Zohir Pirimov: «Olmaliq»da 9 yil o‘ynadim, ketish alamli, albatta…»

Baho:
+ | -

Avvalgi mavsum o‘ziga o‘xshamagan «Olmaliq» ayni payt Turkiyaning Antaliya shahrida yig‘in olib boryapti. Bilasiz, jamoa bir necha yillik ustozi Igor Shkvirin bilan xayrlashdi. Tajribali mutaxassis ortidan bir qator futbolchilar ham «Olmaliq»dan ketishdi. Ular orasida asosiy tarkib vakillari ham bor. Shundaylardan biri - Zohir Pirimov. Shartnomasi muddati yakunlangan yarim himoyachi naq 9 yil davomida «Olmaliq» sharafini himoya qilgandi. Zohir hozirda «Sho‘rtan»da ko‘rikdan o‘tyapti. U bundan avval ma’lum muddat «Navbahor» mashg‘ulotlarida ham ishtirok etgandi. Biz yakshanba kuni Pirimov bilan bog‘lanib, uning faoliyatidagi keskin o‘zgarish sababiga qiziqdik.

- Zohir, kutilmaganda, «Olmaliq»dan ketishga qaror qildingiz. Buning asosiy sababini ayta olasizmi?

- Hammasi oddiy. Birinchi galda, murabbiylar shtabidagi o‘zgarishni aytishim mumkin. Ya’ni Igor Shkvirin ishdan bo‘shatilgach, negadir jamoada qolishni istamadim. Ya’ni menda ham ketish istagi tug‘ildi.

- Bir necha yillik qadrdon jamoangiz bilan xayrlashish oson bo‘lmagandir...

- Ha, bu juda og‘ir va alamli. Axir «Olmaliq» sharafini 9 yil himoya qildim.

- O‘zi shartnomangiz muddati tugaganmidi?

- Ha. To‘g‘rirog‘i, o‘rtadagi kelishuv 31 dekabr kuni o‘z kuchini yo‘qotdi. Lekin shartnomam tugamasidan oldin boshqa jamoaga o‘tishimni ma’lum qilgandim.

- Nima, yangi bosh murabbiy Viktor Kumikov bilan gaplashib ko‘rmadingizmi?

- Yo‘q. Kumikovni «Mash’al» va «Nasaf»dagi ishi orqali yaxshi bilaman. Uning qanday uslubni xush ko‘rishidan ham xabarim bor. Xullas, yangi murabbiy qo‘llaydigan o‘yin uslubiga mos tushmasligimni tezda angladim...

- Sizningcha, «Olmaliq» rivojiga yaxshigina mehnati singgan Igor Shkviringa nisbatan nohaqlik qilinmadimi?

- Shaxsiy fikrim: shuncha yil mehnat qilgan, jamoani deyarli noldan yuqoriga ko‘targan murabbiyni sal boshqacha kuzatish kerak edi. Harqalay, bu tarzda xayrlashishlarini sira o‘ylamagandim.

- Darhaqiqat, Igor Anatolyevich bilan uzoq vaqt birga ishladingiz. Uning o‘yin uslubi va falsafasi xususida nima deya olasiz?

- Shkvirin futbolchilarda o‘z kuchiga ishonch hissini uyg‘otadigan murabbiylar sirasidan. Shuningdek, futbolchilik davri hujumda o‘ynagani uchunmi, hujumkorlikni xush ko‘radi.

- Umuman, o‘tgan mavsum «Olmaliq» uchun omadsiz kechdi. Buning sabablarini hamma o‘zicha taxmin va tahlil qilyapti. Xo‘sh, siz qanday fikrdasiz?

- Ha, avvalgi mavsumda ishimiz sira yurishmadi. To‘g‘ri, birinchi davrada uncha yomon o‘yin ko‘rsatmadik. Lekin jamoada moliyaviy muammolar yuzaga kelgach, bu natijalarga salbiy ta’sir qildi. Natijada ikkinchi davra bahs­larida haddan ortiq ko‘p ochko yo‘qotdik.

- Aytingchi, «Olmaliq»dagi 9 yillik faoliyatingizni qanday eslaysiz? Ijobiy taassurotlar ko‘pmi yoki salbiysi?

- Albatta, ijobiy xotiralar yetarli. Shahar, muxlislar... Muhimi, jamoada ichki muhit a’lo darajada edi. Shu bois, «Olmaliq»da shuncha o‘ynaganimdan sira afsuslanmayman.

- Vaqtida nomdor klublardan yaxshigina takliflar olganingizga qaramay, «Olmaliq»dan ketishni istamagansiz. Hozir shularni o‘ylasangiz, qandaydir achinish hissini sezmaysizmi?

- Ha, manfaatli chorlovlar bo‘lgani rost. Lekin o‘tgan ishlarni o‘ylab, afsuslanishdan ma’no yo‘q. Mashhur futbolchilardan biri shunday degandi: «Agar o‘z ustingda ishlashdan to‘xtamasang, 35 yoshingda ham grand klublarda o‘ynashing mumkin». O‘ylashimcha, men uchun hammasi oldinda.

- Avvaliga «Navbahor» mashg‘ulotlarida ishtirok etdingizu, yaqinda «Sho‘rtan» yig‘iniga qo‘shildingiz...

- Aslida Namangan jamoasida qolishim mumkin edi. Biroq oilaviy sharoit bunga xalaqit berdi. Mana, ayni payt «Sho‘rtan» futbolchilari bilan birga shug‘ullanyapman. Bu yerga G‘uzor klubi murabbiylari taklifiga binoan keldim.

- Endigi rejalar qanday? «Sho‘rtan»da qolish imkoniyatingiz ehtimoli kattami?

- Hozircha «Sho‘rtan» ixtiyoridaman. Lekin bilasiz, futbolda barchasi bir kunda o‘zgarib ketishi hech gap emas.

- Nima, boshqa takliflar ham bormi?

- Chorlovlar yetarli. Deylik, oliy liganing 4-5ta klubidan taklif olganman.

- «Olmaliq»da futbol maktabi faoliyati qanday yo‘lga o‘yilgan?

- Ochig‘i, u yaxshi ishlamayapti. Shu sababli, Igor Anatolyevich seleksiya ishlariga aralashib, yosh va iste’dodli futbolchilarni o‘zi topib kelardi. Deylik, mahalliy yigitlardan deyarli hech kim ko‘zga tashlanmadi.

- Zohir, yakunda biroz ortga qaytamiz: futbol orqali olgan birinchi maoshingiz miqdorini eslay olasizmi va uni nimaga sarflagansiz?

- Ilk marta «Qizilqum» jamoasida maosh olgandim - chamasi 60-70 ming so‘m. Uni to‘lig‘icha otamga berganman. Ya’ni oila byudjetiga hissa qo‘shganman. Aytishim joiz, futbolni tanlashimga aynan otam turtki berganlar. U kishi chinakam muxlis. Bolaligimda birga futbol ko‘rgani stadionga borardik. Aniqroq aytsam, Samarqand «Dinamo»si o‘yin­larini qoldirmasdik. Menda aynan o‘sha payt futbolga nisbatan kuchli qiziqish shakllangan.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:39, 27.01.2017.
O'qildi: 6256 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.