Bugun «Oltin to‘p» sohiblari haqidagi turkum maqolaning yakuniy qismiga keldik.
Avvalgi qismlarda laureatlarni navbati bilan mamlakatlar, klublar va chempionatlar bo‘yicha «taqsimlab» chiqqandik. Xo‘sh, futbol olamidagi asosiy shaxsiy sovrinni mintaqalarga bo‘lsak, qanday natija yuzaga keladi? Tabiiyki, bu borada yevropaliklar yaqqol oldinda. Zero, France Football 1995 yilgacha sovrindorni faqat «ko‘hna qit’a» vakillari orasidan tanlagan. Shundan keyin «Oltin to‘p» geografiyasi kengaytirildi va unga boshqa konfederasiyalar vakillari ham da’vogarlik qila boshlashdi.
Agar o‘sha 1995 yildan keyingi tanlovlarni hisobga olsak, Yevropa va Janubiy Amerika o‘rtasida jiddiy raqobat borayotgani ko‘ramiz. Umuman, shu kungacha «Oltin to‘p» faqat 3ta qit’a vakili mulkiga aylangan, xolos. 1995 yildan keyin «Oltin to‘p»ning qit’alar o‘rtasidagi taqsimoti:
1. UYEFA (Evropa) - 11ta (Mattias Zammer - 1ta, Zayniddin Zidan - 1ta, Luish Figu -1ta, Maykl Ouen - 1ta, Pavel Nedved -1ta, Andrey Shevchenko - 1ta, Fabio Kannavaro - 1ta, Krishtianu Ronaldu - 4ta)
2. KONMEBOL (Janubiy Amerika) - 10ta (Ronaldo -2ta, Rivaldo -1ta, Ronaldinyo - 1ta, Kaka - 1ta, Lionel Messi - 5ta)
3. AFK (Afrika) -1ta (Jorj Vea - 1ta )
Endi 2003 yildan keyingi laureatlar natijalari bilan tanishishingiz mumkin.
2003 yil - Pavel NEDVED (CHexiya). «Yuventus» yarim himoyachisi. 1972 yilning 30 avgustida Skaln (CHexoslovakiya|CHexiya)da tug‘ilgan. Sovrinlari: Chexoslovakiya chempioni (1993); Chexiya chempioni (1994, 1995); Italiya chempioni (2000, 2002, 2003); Chexiya kubogi (1996); Italiya kubogi (1998, 2000); Italiya superkubogi (1998, 2000, 2002, 2003); Kubok egalari kubogi (1999); Italiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi (2003)
2004 yil - Andrey SHEVCHENKO (Ukraina). «Milan» hujumchisi. 1976 yilning 29 sentyabrida Yagotine (sobiq ittifoq|Ukraina)da tug‘ilgan. Sovrinlari: Ukraina chempioni (1995-1999); Italiya chempioni (2004); Ukraina kubogi (1996, 1998, 1999); Italiya kubogi (2003); Angliya kubogi (2007); Angliya Liga kubogi (2007); Italiya superkubogi (2004); Ukraina superkubogi (2011); Yevropa Chempionlar kubogi (2003); Yevropa superkubogi (2003); Ukraina chempionatining eng yaxshi to‘purari (1999); Italiya chempionatining eng yaxshi to‘purari (2000, 2004); CHLning eng yaxshi to‘purari (1999, 2006); CHLning eng yaxshi hujumchisi (1999)
2005 yil - RONALDINYO (Braziliya). «Barselona» yarim himoyachisi. 1980 yilning 21 martida Portu-Alegre- (Braziliya)da tug‘ilgan. Sovrinlari: Ispaniya chempioni (2005, 2006); Italiya chempioni (2011); Ispaniya superkubogi (2005, 2006); Yevropa Chempionlar kubogi (2006); Libertadores kubogi (2013); Janubiy Amerika chempioni (1999); Konfederasiyalar kubogi (2005); jahon chempioni (2002); FIFA talqinida jahonning eng yaxshi futbolchisi (2004, 2005); CHLning eng yaxshi hujumchisi (2005); yevrokuboklarning eng yaxshi futbolchisi (2006); Konfederasiyalar kubogining eng yaxshi to‘purari va futbolchisi (1999); Janubiy Amerikaning eng yaxshi futbolchisi (2013)
2006 yil - Fabio KANNAVARO (Italiya). «Yuven-tus»|«Real» himoyachisi. 1973 yilning 13 sentyabrida Neapol (Italiya)da tug‘ilgan. Sovrinlari: Ispaniya chempioni (2007, 2008); Italiya kubogi (1999, 2002); Italiya superkubogi (1999); Ispaniya superkubogi (2008); UYEFA kubogi (1999); jahon chempioni (2006); Italiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi (2006); FIFA talqinida jahonning eng yaxshi futbolchisi (2006)
2007 yil - KAKA (Braziliya). «Milan» yarim himoyachisi. 1982 yilning 22 aprelida Brazilia (Braziliya)da tug‘ilgan. Sovrinlari: Italiya chempioni (2004); Ispaniya chempioni (2012); Ispaniya kubogi (2011); Italiya superkubogi (2004); Ispaniya superkubogi (2012); Yevropa Chempionlar kubogi (2007); Yevropa superkubogi (2007); Klublar o‘rtasida jahon chempioni (2007); jahon chempioni (2002); Konfederasiyalar kubogi (2005, 2009); Italiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi (2004, 2007); CHLning eng yaxshi to‘purari (2007); yevrokuboklarning eng yaxshi futbolchisi (2007); FIFA talqinida jahonning eng yaxshi futbolchisi (2007); Konfederasiyalar kubogining eng yaxshi futbolchisi (2009)
2009, 2010, 2011, 2012 va 2015 yillar - Lionel MESSI (Argentina). «Barselona» hujumchisi. 1987 yilning 24 iyunida Rosario (Argentina)da tug‘ilgan. Sovrinlari: Ispaniya chempioni (2005, 2006, 2009, 2010, 2011, 2013, 2015, 2016); Ispaniya kubogi (2009, 2012, 2015, 2016); Ispaniya superkubogi (2005, 2006, 2009, 2010, 2011, 2013, 2016); Yevropa Chempionlar kubogi (2006, 2009, 2011, 2015); Yevropa superkubogi (2009, 2011, 2015); Klublar o‘rtasida jahon chempioni (2009, 2011, 2015); Olimpiada chempioni (2008); U-20 toifasida jahon chempioni (2005); Ispaniya chempionatining eng yaxshi futbolchisi (2009, 2010, 2011, 2015); yevrokuboklarning eng yaxshi futbolchisi (2009); Yevropada yilning eng yaxshi futbolchisi (2011, 2012, 2015); Ispaniya chempionatining eng yaxshi to‘purari (2010, 2012, 2013); CHLning eng yaxshi to‘purari (2009, 2010, 2011, 2012, 2015); «Oltin butsa» laureati (2010, 2012, 2013); FIFA talqinida jahonning eng yaxshi futbolchisi (2009)
2008, 2013, 2014 va 2016 yillar - Krishtianu RONALDU (Portugaliya). «Manchester Yunayted» (2008) va «Real» (2013) yarim himoyachisi|hujumchisi. 1985 yilning 5 fevralida Funshal (Portugaliya)da tug‘ilgan. Sovrinlari: Angliya chempioni (2007, 2008, 2009); Ispaniya chempioni (2012); Angliya kubogi (2004); Ispaniya kubogi (2011, 2014); Angliya Liga kubogi (2006, 2009); Angliya superkubogi (2007); Ispaniya superkubogi (2012); Yevropa Chempionlar kubogi (2008, 2014, 2016); Yevropa superkubogi (2014, 2016); Klublar o‘rtasidagi jahon chempioni (2008, 2014, 2016); Yevropa chempioni (2016); Angliya chempionatining eng yaxshi futbolchisi (2007, 2008); Ispaniya chempionatining eng yaxshi futbolchisi (2012, 2013, 2014, 2016); Angliya chempionatining eng yaxshi to‘purari (2008); Ispaniya chempionatining eng yaxshi to‘purari (2011, 2014, 2015); CHLning eng yaxshi to‘purari (2008, 2013, 2014, 2015, 2016); yevrokuboklarning eng yaxshi futbolchisi (2008); Yevropada yilning eng yaxshi futbolchisi (2014, 2016); «Oltin butsa» laureati (2008, 2011, 2014, 2015); FIFA talqinida jahonning eng yaxshi futbolchisi (2008, 2016)