Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe 1-1 Osasuna
05/10 21:00 Atalanta 5-1 Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas 0-1 Selta
05/10 21:30 Valyadolid 1-2 Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton 0-0 Nyukasl
05/10 23:45 Inter 3-2 Torino
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor - Dinamo
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina - Fransiya
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:00 Braziliya - Argentina
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

APLda murabbiylar kurashi: kim kimga qarshi?

APLda murabbiylar kurashi: kim kimga qarshi?

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 2016|2017 yillar mavsumi odatdagidan ko‘ra qiziqarliroq kechishiga kim shubha qilgandi?! Bizningcha, hech kim.

Chindan ham, APLga Gvardiola va Konte kabi yetuk mutaxassislarning kelishi sovrinlar uchun kurashni yanada kuchaytirishi aniq edi. Boz ustiga, Klopp, Mourinyo va Pochettinodek murabbiylar ham Angliyadagi faoliyatlarini davom ettirishmoqda. Tabiiyki, shunday mashhur shaxslar bir joyga yig‘ilgach, o‘yinlar yanada jonlanib, «taktikalar jangi» avj olishi turgan gap.

Lekin kimlardir bu fikrga qo‘shilmay, quyidagi so‘zlarni aytishi mumkin: «Ayni kunda APLda murabbiylar raqobati emas, Antonio Kontening yaqqol ustunligini ko‘ryapmiz. Birgina Klopp qolgan hamkasblaridan farqli ravishda, italiyalik mutaxassisga imkon qadar qarshilik ko‘rsatishga urinmoqda. Gvardiola va Mourinyo esa umuman, ishonchni oqlay olishmayapti».

Darhaqiqat, turnir jadvalining hozirgi holatiga qarab, bu yerda sovrinlar uchun qizg‘in kurash borayotganiga ishonish qiyin. Yoki mavjud vaziyatdan shunday xulosa chiqarish mumkin: Konte - dunyoning eng kuchli murabbiyi, qolganlar esa shunchaki, «fizruk». Chunonchi, u 13 o‘yindan iborat g‘alabali seriya qayd etdi.

Xullas, «Chelsi» ishonch bilan chempionatda yetakchilik qilmoqda va Konteda mavsumni muvaffaqiyatli yakunlash uchun hamma imkoniyatlar bor. Ammo shu o‘rinda bir omilni inobatga olish kerakki, «aristokratlar»ning peshqadamligiga, barqa-ror natijalarga erishilayotganiga sabab faqat Kontening mahorati emas. Gap shundaki, italiyalik murabbiyning «Chelsi»si Gvardiola va Mourinyo jamoasidan ko‘ra yaxshiroq sharoitda. Bu bilan hisoblashmaslikning iloji yo‘q. Ha, tan olish kerak, Mourinyo har doim o‘yinlarning tig‘izligidan, shogirdlari tiklanishga ulgurmayotganidan noliydi. Hatto Gvardiola ham ayni paytda taqvim «shaharliklar» uchun o‘ta tartibsizligidan shikoyat qilishni boshladi. Klopp va Konte esa kamroq gapirib, ko‘proq ishlashni ma’qul ko‘rishmoqda.

Lekin chindan ham, «Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» klublari hozirgacha boshqalardan ko‘proq o‘yin o‘tkazishgan. APLda peshqadamlik qilayotgan «Chelsi» hamda «Liverpul» esa yuqoridagi olti jamoa ichida eng kam maydonga tushishgan. Tasodifmi? Bizningcha, bunday emas.

Ehtimol, kimgadir 6-7 o‘yinlik farq unchalik dahshatli tuyulmas?! Lekin bu - xato fikr. Endi mulohazamizni isbotlashga urinamiz: misol uchun, qaysi jamoa nisbatan ko‘proq rasmiy uchrashuv o‘tkazsa, futbolchilarda jarohat olish, diskvalifikasiyaga uchrash xavfi shunchalik kuchayadi. O‘z navbatida, qanchalik ko‘p maydonga tushsangiz, tiklanish jarayoni, jismoniy tayyorgarlik va taktik tahlillar uchun shunchalik kam vaqtingiz qoladi. Ayniqsa, siz bosh-qarayotgan jamoa yevrokuboklarda ishtirok etayotgan bo‘lsa, parvozlar uchun ortiqcha vaqt yo‘qotganingiz yetmagandek, futbolchilarda charchoq alomatlari ham ko‘proq sezila boshlaydi. Bu esa tabiiyki, jamoaning natijalariga ta’sir o‘tkazadi. Unutmang, futbolni odamlar o‘ynashadi, robotlar emas. Dunyo tan olgan mutaxassislar taqvimdan nolishyaptimi, demak, ular nima haqda gapirishayotganini yaxshi bilishadi. Yo siz bu fikrga qo‘-shilmaysizmi?

Shubhasiz, tig‘iz jadval - ko‘ngilsiz natijalarni oqlash uchun bahona bo‘la olmaydi. Lekin OAV sizga muntazam bosim o‘tkazib, yo‘qotilgan har bir ochko uchun mufassal izoh talab qilsa-chi? Bu holatda har qanday murabbiy vaqt masalasini bosh muammo qilib ko‘rsatishi aniq.

Qolaversa, OAV Konte va Kloppga unchalik e’tibor qaratmaydi. Chunki ularda «tirnoq ostidan kir qidiradigan» raqiblar (zamonaviy tilda «xeyterlar»)lardan ko‘ra, beg‘araz muxlislar va betaraf ishqibozlar soni ko‘proq. Gvardiola va Mourinyoda esa aksincha, «xeyterlar» soni keragidan ortiq topiladi va shuning uchun ham matbuot, eng avvalo, shu ikki mutaxassisga bosim o‘tkazadi. Nega? Buning sababi oddiy: negaki, aynan ular XXI asrning eng kuchli va taniqli murabbiylari, hozircha. «Eng yaxshi»larda esa shubhasiz, «xeyterlar» ham ko‘p bo‘ladi. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, axir jurnalistlar taniqlilar haqida qanchalik ko‘p shov-shuvli maqola tayyorlashsa, shunchalik tez tanilishadi-da.

Muammoning yana bir qiziq tomoni shundaki, kishilar ongli tarzda Gvardiolaga nisbatan mantiqsiz hukm chiqarishadi. Deylik, «Siti» o‘zidan kuchsiz sanalgan har qanday klubga qarshi o‘yinda ochko yo‘qotsa, darrov internetda APLdagi istalgan «buyuk autsayder jamoa» Gvardiolaga «jang» taqdim etishga qodirligi, Pepni tumanli o‘lkada qiyinchiliklar kutib turgani haqida izohlar keng tarqaladi.

Biroq xuddi o‘sha «buyuk jamoa» negadir Konte shogirdlariga qarshi hech narsa qila olmaydi va shu boisdan «Chelsi» ligada ketma-ket 13ta g‘alabaga erishyapti. Endi ayting-chi, bunday mantiqsizlikni, Mourinyo va Gvardiola manziliga yo‘llanayotgan kamsitishlarni yana qayerda uchratish mumkin?

Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, mavsum yakunida kim chempion bo‘lishini hozircha hech kim bilmaydi. Chunki navbatdagi turlarda har qanday vaziyatlar ro‘y berishi mumkin. Lekin raqib jamoalarning sharoitlarini hisobga olsak, «Liverpul» va «Chelsi»da oltin medallarga ega chiqish imkoniyati ko‘proq. Zero ular optimal shart-sharoitlarga egalar. Kelgusi mavsumda esa Angliya Liga kubogi va APL musobaqalariga YECHL bahslari ham qo‘shiladi. Bu holatda esa tabiiyki, muammolar hozirgidan ko‘ra ancha ko‘payadi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:51, 27.01.2017.
O'qildi: 7835 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.