Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe 0-1 Valensiya
18/01 19:00 Bolonya 1-2 Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton 0-0 Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

"Qo‘qon-1912" "Farg‘ona viloyati hokimi kubogi"ni durang bilan boshladi

"Qo‘qon-1912" "Farg‘ona viloyati hokimi kubogi"ni durang bilan boshladi

Baho:
+ | -

Qo‘qonliklarning musobaqadagi birinchi o‘yini “Andijon” jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tdi.

Ilk daqiqalardan «Qo‘qon-1912» oldinga tashlandi. 11-daqiqada ular hisobni ochish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘lishdi. Ammo Nosir Otaqo‘ziyevning boshi bilan bergan zarbasidan keyin andijonliklar posboni to‘pni qiyinchilik bilan qaytarib qoldi.
25-daqiqada andijonliklar darvozasi oldida yana bir vaziyat vujudga keldi. Suhrob Berdiyevning jarimadan oshirilgan to‘pini mehmonlar arang o‘shladi.
28-daqiqada qo‘qonliklar hisobni ochishgandi. Ammo hakam futbolchimizni o‘yindan tashqari holatda qolib ketdi deb topdi. Natijada gol inobatga olinmadi.
32-daqiqada Nosir Otaqo‘ziyevning o‘tkir burchak ostida bergan zarbasi biroz noaniq ko‘rinish oldi. Birinchi bo‘lim 0:0 hisobida yakuniga yetdi.

Ikkinchi taym qo‘qonliklarning shiddatli hujumlari bilan boshlandi. 47-daqiqada ular hisobni ochishga juda yaqin kelgandi. Ammo serbiyalik hujumchi Filip Rayevasning boshi bilan bergan zarbasi darvoza to‘siniga tegdi. Qaytgan to‘pni futbolchilar darvozaga to‘g‘irlashga harakat qilishdi. Biroq barcha zarbalarning yo‘liga andijonliklar to‘g‘anoq bo‘lishdi.

62-daqiqada jarimadan oshirilgan to‘pni Filip Rayevas boshi bilan darvozaga aniq yo‘llab, hisobni ochdi.

Goldan keyin ham «Qo‘qon-1912» futbolchilarida raqib darvozasini ishg‘ol etish uchun bir qator vaziyatlar yuzaga kelgandi. Ammo ulardan unumli foydanala olmadi.

80-daqiqada Sidorov tomonidan urilgan gol inobatga olinmadi. Bu safar o‘yindan tashqari holat qayd etildi. 81- Jarimadan oshirilgan to‘pni Orif Mamajonov darvozaga yo‘lladi. Turdialiyev to‘pni arang qaytarib qoldi. Qolgan daqiqalarda yana bir qator hujumlarni tashkil etildi. Lekin ularning barchasi samarasiz yakunlandi.

So‘nggi daqiqalar o‘tib borayotgan paytda andijonliklar hisobni tenglashtirishdi. Gol muallifi – Jahongir Maqsudov bo‘ldi. Shunday qilib, «Qo‘qon-1912» turnirdagi birinchi o‘yinda durangga erishdi.

“Farg‘ona viloyati Hokimi Kubogi-2017”
“B” guruhi
2-tur
“Qo‘qon-1912-1” – “Andijon” – 1:1 (0:0)
Hakamlar: Ravshan Kapadze, Sardor Ro‘ziyev, Jahongir Ne’matjonov.
Gollar: Filip Rayevas-63. – Jahongir Maqsudov – 90.

“Qo‘qon-1912-1”: 12. Aziz Ashurov, 6. Bahodir Akramov (15. Oybek Rustamov-66), 7. Jamshid Hasanov, 8. Akmal Xolmurodov, 10. Javohir Sidiqov (19. Shoxrux Xolmatov-66), 11. Nosir Otaqo‘ziyev (17. Andrey Sidirov-63), 23. Jalil Kimsanov, 24. Filip Rayevas (70. Sobir Homidov-66), 28. Avaz Mamatxo‘jayev (18. Muhammadanas Hasanov-55), 29. Suhrob Berdiyev (22. Orif Mamajonov-66), 31. Darko Gojkovich.
Zaxira: 13. Nikita Ribkin.

“Andijon”: 21. Farrux Turdialiyev, 44. Dilmurod Mahmudov, 26. Qahramon Muhammadjonov, 33. Akbar Xo‘jayev (15. Ahror O‘ktamov-63), 60. Oybek Nurmatov, 18. Farhod Bekmuratov, 22. Sanjar Asqaraliyev (25. Baxtiyor Qosimov-60), 8. Maqsud Mahmudov (70. Shukur Jo‘maboyev-57), 6. Ibrohim Otaxonov (34. Abror Komilov-74), 17. G‘ayrat Jo‘rayev (28. Jahongir Maqsudov-60), 32. Alisher Abduvohidov (19. Bobur Farhodov-70).
Zaxira: 16. Davron Jo‘raqulov.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 17:14, 29.01.2017.
O'qildi: 4595 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.