Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

La liga, 20-tur. «Barselona» mag‘lubiyatdan zo‘rg‘a qutulib qoldi

La liga, 20-tur. «Barselona» mag‘lubiyatdan zo‘rg‘a qutulib qoldi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 20-turi doirasida "Betis" mehmoni bo‘lgan "Barselona", kutilmaganda, ochko yo‘qotdi. "Ko‘k-anorranglilar" mag‘lubiyatdan qutulib qoldi, desak to‘g‘riroq bo‘ladi.

Enrike shogirdlari uchrashuv boshidanoq yo raqibni mensimasdan o‘ynashdi, yoki ular kuchni tejab harakat qilishdi. Andalusiyaliklar esa o‘z muxlislari oldida yuqori ishtiyoq bilan o‘yin olib borishdi. Mezbonlar himoya haqida emas, ko‘proq hujum haqida bosh qotirishdi va ular tanaffusga qadar bir nechta imkoniyatlarni golga aylantira olishmadi. Bahsning 38-daqiqasida esa kataloniyaliklar o‘ta qulay vaziyatdan foydalana olishmadi. Messining ajoyib uzatmasidan keyin Neymar yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi. Uning zarbasini Antoni Adan qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

"Barsa"ning sust o‘yinidan foydalangan mezbonlar ikkinchi bo‘limda ham hujumkor o‘yin namoyish qilishda davom etishdi. Jumladan, "Betis"ning ikkita zarbasidan keyin to‘p to‘sin va ustunga tegib qaytganini e’tirof etish lozim. Andalusiyaliklar 75-daqiqasida gol bilan mukofotlanishdi. Burchakdan yetkazilgan to‘pni Ter Shtegen muvaffaqiyatsiz qaytardi, Alegriya esa yaqin msofadan darvozani ishg‘ol qildi.

Ushbu goldan keyingina "Barselona" uyg‘ondi va darhol hisobni tenglashtirishi mumkin edi, agar hakamlar ichkaridan qaytarilgan to‘pni inobatga olishganida. Shunga qaramay, "ko‘k-anorranglilar" mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi. Bahsning so‘nggi daqiqasida Messi to‘pni yo‘qotgandek ko‘ringandi, ammo argentinalik futbolchining o‘zi o‘sha zahoti raqibdan to‘pni olib qo‘ydi va Suares birga-bir vaziyatga chiqardi. Urugvaylik futbolchi imkoniyatni ko‘kka sovurmadi. 1:1.

Ushbu durang tufayli, "Barselona" yo‘qotilgan ochkolar bo‘yicha "Real"dan 7, "Sevilya"dan 3 ochko ortda qoladigan bo‘ldi.

Ispaniya La ligasi, 20-tur
"BETIS" - "BARSELONA" - 1:1 (0:0)
Gollar: 1:0 – 75 Alegriya, 1:1 – 90 Suares.
Betis – Adan, Pichchini, Toshka, Pesselya, Mandi, Sebalyos, Pardo (Donk, 69), Petros (Rafa Navarro, 86), Durmisi, Alegriya (Matias Nauel, 85), Ruben Kastro.
Barselona – ter Stegen, Pike, MatYE, Din (Alba, 68), Aleish Vidal, Rakitich, Denis Suares (Andre Gomesh, 59), Turan (Serdji Roberto, 68), Neymar, Suares, Messi.
Ogohlantirishlar: Pike (43), Petros (67), Rakitich (70), Ruben Kastro (78), Andre Gomesh (78).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:49, 29.01.2017.
O'qildi: 9393 marta.
Fikrlar: 22 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.