Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

“Al-Hidd” ustozi Muhammad Al-SHamlan: “Nasaf”ni yutish biz uchun sensasiya bo‘lmaydi

“Al-Hidd” ustozi Muhammad Al-SHamlan: “Nasaf”ni yutish biz uchun sensasiya bo‘lmaydi

Baho:
+ | -

Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 turniri o‘tish bosqichida “Nasaf” jamoasi Bahraynning “Al-Hidd” klubiga qarshi bahs olib boradi. Mazkur o‘yin oldidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida “Al-Hidd” bosh murabbiyi Muhammad Al-SHamlan va himoyachi Sayid Muhammad Adnan o‘z fikrlari bildirib o‘tdi.

“Avvalo O‘zbekistonga tashrif buyurganimdan va mehmondorchilikdan mamnunman. Tashkilotchilarga alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman. O‘yin biz uchun juda muhim sanaladi. Mening jamoaga kelganimga atigi 3 hafta bo‘ldi, shunga qaramay, men jamoa a’zosiman. “Nasaf” o‘yinlarini tahlil qildik, ular OCHLda katta tajribaga ega ekanini ham bilamiz. O‘zbekistonda mavsum boshlanmadi va bu bizga kichik ustunlik beradi, degani emas. Raqibni hurmat qilamiz, ammo biz o‘z kuchimizga ishonamiz. Bizda maqsad bor va keyingi bosqichga chiqishga harakat qilamiz. “Nasaf”ni yutish biz uchun sensasiya bo‘lmaydi. “Al-Hidd” ham saviyali va tajribali jamoa. Raqib tarkibidagi singari bizda kuchli futbolchilar bor”, – dedi Muhammad Al-SHamlan.

“Murabbiy aytilishi kerak bo‘lgan barcha gaplarni aytdi. Men hech qanday qo‘shimcha qilmayman. Nima uchun kelganimizni ertaga maydonda ko‘rsatamiz”, – dedi Sayid Muhammad Adnan.

Eslatib o‘tamiz, “Nasaf” – “Al-Hidd” uchrashuvi ertaga, 31 yanvar kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida soat 16:00 da boshlanadi. 

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 12:30, 30.01.2017.
O'qildi: 6557 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.