Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta - Malaga

Ro‘ziqul Berdiyev: “Al-Hidd” himoyadan o‘ynaydigan kuchli jamoa sanaladi

Ro‘ziqul Berdiyev: “Al-Hidd” himoyadan o‘ynaydigan kuchli jamoa sanaladi

Baho:
+ | -

Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 turniri o‘tish bosqichida “Nasaf” jamoasi Bahraynning “Al-Hidd” klubiga qarshi bahs olib boradi. Bo‘lajak o‘yin oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev va himoyachi Sherzod A’zamov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Masumning birinchi o‘yini barchada qiziqish uyg‘otishi aniq. Asosiy vazifamiz g‘alaba qozonib, muxlislarni xursand qilishdan iborat. Tayyorgarlik yaxshi o‘tdi va OCHL guruh bosqichiga chiqishga harakat qilamiz. “Al-Hidd” kuchsiz jamoa emas, ular Bahrayn chempioni va Kubogi sohibi sanaladi. Jamoa yangi bosh murabbiyga ega bo‘ldi. Ular tartibli va sifatli o‘yin ko‘rsatadi. O‘yin oson bo‘lmasligi aniq. Raqib o‘yinini tahlil qilganimizda, ular himoyada yaxshi o‘ynashini ko‘rdik. Tarkib borasida to‘xtaladigan bo‘lsam,  posbonimiz Eldor Suyunov ertangi o‘yinga tayyor emas. U yig‘in doirasida jarohat oldi. Kecha mashg‘ulotlarda qatnashganiga qaramay, u “Al-Hidd”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi”, – dedi Ro‘ziqul Berdiyev.

“Ertangi o‘yinga tayyorgarlik yaxshi o‘tdi. O‘rtoqlik o‘yinlarida yaxshi natija ko‘rsatdik, lekin bo‘lajak o‘yin bundan farq qiladi. Maydonda bor kuchimizni berib, keyingi bosqichga yo‘l olishga intilamiz. Muxlislar daldasiga umid qilib qolamiz”, – dedi Sherzod A’zamov.

Eslatib o‘tamiz, “Nasaf” – “Al-Hidd” uchrashuvi ertaga, 31 yanvar kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida soat 16:00 da boshlanadi. 

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 12:49, 30.01.2017.
O'qildi: 7873 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик